0,4-0,6 foiz, og‘iz sutida o ‘rtacha 0,8 foiz bo‘ladi.
Albumin yuqori sifatli oqsil bo‘lgani holda, ayniqsa,
o'sayotgan yosh organizmlar uchun muhim modda
hisoblanadi. U o'zining tez va to ‘la hazm bo'lishi
bilan boshqa oqsillardan ustun turadi. Albumin turli xil
pishloq, ayniqsa, yashil rangli
pishloq va boshqa sut
mahsulotlari tayyorlash uchun ham foydalaniladi.
Globulin - oddiy sigir sutida juda oz - 0,1 foiz
atrofida, og‘iz sutida esa 8-12 foiz miqdorda uchraydi.
Globulin o ‘zining bakteriotsidlik (bakteriyadan tozalash)
xususiyatiga ko‘ra yangi tug‘ilgan organizmlar uchun
o‘mini almashtirib bo‘lmaydigan oqsil hisoblanadi. Shu
bilan birga, yosh organizmlaming turli xil kasalliklariga
qarshiligini kuchaytiradi. Agar sut 70-75° atrofida
kuchsiz kislotali muhitda isitilsa globulin iviy boshlaydi
va kolloid holatiga aylanadi.
Sut oqsili va uning xususiyatlari. Sut tarkibidagi
oqsillar tez hazm bo‘lishi va unda har bir organizm uc-
hun kerakli bo‘lgan, o‘mini almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar mavjudligi bilan qiymatlidir. Sut oqsil-
lari
asosan kazein, albumin, globulin va boshqa azotli
moddalardan tashkil topgan. Sutdagi oqsillar miqdori
2,8-4,6 foiz atrofida bo‘ladi. Uning 2,7 foizi yoki 80-82
foizini kazein tashkil qiladi. Qolgan 18-20 foiz boshqa
tur oqsillardan iborat.
Kazein - barcha sut mahsulotlari (pishloq, suzma,
tvorog, brinza)ning asosiy tarkibi hisoblanadi. Uning
to‘yimdorlik xususiyati ham yuqori darajada boiadi.
Lekin uning toza holda albumin va globuminga ko‘ra
qiyinroq hazm b o iish i aniqlangan.
Shunday qi-
lib, kazein asosan pishloq va tvorog tayyorlashda
foydalaniladi, qisman yelim va plastmassa ham tayyor-
lanadi.
Kazein tarkibida bir qancha aminokislotalar (pro-
lin, sistin, triptofan, tirozan, valin, arginin va asparagin)
uchraydi. Ulaming miqdori sigirlaming zotiga, yil
106
www.ziyouz.com kutubxonasi
fasliga, sog‘ish davriga, egizdiriladigan yem-xashak
turlariga va sifatiga bog'liq ekanligi aniqlangan.
Masalan, P.V.Kugenov ma'lumotiga ko‘ra, shvits
zotli sigirlar sutida - arginin 4,8 foiz,
asparagin
kislotasi 7,6 foiz, alanin 3,8 foiz, glitsin 81,0 foiz,
glyutamin kislotasi 16,3 foiz, serin 6,7 foiz, treonin
4,2 foiz miqdorda ekanligi aniqlangan. Shunday qi-
lib, sut sanoatidagi kazein ahamiyati katta hisoblanib,
u sut mahsulotlari: pishloq, suzma, qatiq va boshqa
mahsulotlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shu-
ningdek,
kazeindan aviatsiya, to‘qimachilik va qog‘oz
sanoatida foydalanish uchun qimmatli yelim ham
tayyorlanadi. Kazeindan sun’iy jun ham tayyorlash
mumkinligi tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Sut qandi. Sut qandi yoki laktoza yelindagi sut
bezlarida hosil bo‘ladi. Uning glyukozadan vujudga ke-
lishi aniqlangan. Sut qandi disaxarid hisoblangani holda
u glyukoza va galaktoza birikmasidan iborat. U suvda
yaxshi eriydi. Haroratning ko‘tarilishi
bilan uning erish
xususiyati ham ortadi.
Sut qandi ayrim sut mahsulotlari (qatiq, pishloq,
sutdan tayyorlangan ichimliklar) tayyorlashda mu-
him rol o ‘ynaydi. Shu bilan birga, sutning achishi
va bijg‘ib qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Sut qandi
mikroorganizmlar bilan birga sutni va sut
mahsulotlarini
achitish imkonini beradi hamda uning natijasida sut
kislotasi vujudga keladi.
Sut qandi yosh bolalami oziqlantirishda va tibbi-
yotda penetsillin tayyorlashda ham foydalaniladi. Sut
qandi o ‘zining to‘yimliligi jihatidan oddiy qanddan
farq qilmaydi, lekin uning shirasi tubanroq bo‘ladi. Sut
qandi organizmda tez hazm bo‘ladi,
shuningdek, yan-
gi tug‘ilgan organizmlami jadal o‘sishi va rivojlanishi
uchun juda muhim va qiymatli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: