OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVCHI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI
1. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
• o‘zlarining balog‘atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish turini tanlash;
• ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;
• ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
• bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari;
• bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnat-sevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari ;
• bolalarini maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
3. Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda davlat ta`lim standarti talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va majburiyatlari ularning tusiga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari va subyektlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:1. Ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli boʻlib, kreditor aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli boʻlsa, bunday majburiyat ijobiy mazmunli majburiyathisoblanadi. Huquqiy munosabatning koʻpchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat koʻrsatish sohasida olinadigan majburiyatlar –ijobiy mazmunli majburiyatlardir. Agar majburiyat boʻyicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish huquqiga ega boʻlsa bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyathisoblanadi. Masalan, nashriyot shartnomasi boʻyicha muallif shartnoma kuchda boʻlgan davrda oʻz asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish majburiyatini olsa, nashriyot muallifning boshqa nashriyot bilan shartnoma tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi. 2. Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi tomonda esa faqat majburiyat (majburiyatlar) boʻlsa, bunday majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlarhisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdor oʻz zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchlidir.Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga (qator huquqlar va majburiyatlarga) ega boʻlsa, bunday majburiyatlar ikki tomonlama majburiyathisoblanadi. Ikki tomonlama majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Masalan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati boʻlsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha haq toʻlash majburiyati boʻladi va aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama majburiyatlardir. 3. Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil maj-buriyatlar. Agar huquqiy munosabat boʻyicha kreditor qarzdordan muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishini, biror-bir ashyoning topshirilishini yoki ma’lum summa pul toʻlanishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, bunday majburiyat muayyan harakatni bajarishga qaratilgan majburiyathisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda kreditorning talabi boʻyicha qarzdor bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa,bunday majburiyat muqobil majburiyatsanaladi. Muqobil majburiyat boʻyicha huquqiy munosabatda bir necha harakat koʻrsatilgan boʻlsa ham, majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning bajarilishini talabqilishga boʻlgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatda nazarda tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi toʻgʻrisidagi qoida FKning 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada koʻrsatilishicha, agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa, qonun,shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida qaysimajburiyatning bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi koʻrsatiladi. Xususan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada boʻlmaganda, sotib oluvchi oʻz xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun oluvchining qilgan xarajatlarini toʻlashni yo boʻlmasa shartnomani bekor qilib, oʻziga yetkazilgan zararning toʻlanishini talab qilishga haqli boʻladi, deb koʻrsatiladi. Bu qoida boʻyicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchiga beriladi. 4. Shaxsiy tusga ega boʻlgan majburiyatlar va shaxsiy tusga ega boʻlmagan majburiyatlar. Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat’iy bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi boʻyicha vujudga keladigan majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs boʻlishiga qarab belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini, agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. Bunday majburiyatlar, odatda,qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan bekor boʻladi. Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan bajarilishi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Masalan, qarz shartnomasi boʻyicha majburiyatning fuqaro G. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro B. tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlmagan majburiyatlar boʻyicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunday majburiyatlar boʻyicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi majburiyatning bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.
Umumiy qoidaga binoan, majburiyatlar FKda nazarda tutilgan asoslarda vujudga keladi. Ammo, bunday majburiyatlarning vujudga kelishi qonunda nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy mohiyati va mazmuniga zid boʻlmagan fuqarolar va yuridik shaxslarning harakatlari asosida ham vujudga kelishi mumkin (FKning 8-moddasi 1-qismi). FKning 234-moddasida belgilanganidek, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslartarkibiga davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlari, sud qarori, turli voqea hodisalarni kiritish mumkin. Majburiyat subyektlariMajburiyatda qatnashuvchi taraflarning biri majburiyatni bajarilishini talab qiluvchi subyekt –kreditor, ikkinchisi, ya’ni majburiyatni bajaruvchi subyekt –qarzdor deb ataladi. Majburiyat aynan ushbu ikki subyektning oʻzaro munosabatidan vujudga keladi. Shu sababli ular majburiyat munosabatlarining asosiy subyektisifatida e’tirof etiladilar. Majburiyatda qarzdor va kreditor boʻlib ishtirok etuvchilar, fuqarolik huquqlari va majburiyatlariga ega boʻla oladigan shaxslar boʻlishlari kerak. Majburiyatga oid munosabatlarda kreditor va qarzdor sifatida fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek, ba’zi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi ham subyekt boʻlib ishtirok etishi mumkin. Majburiyatning alohida turlarida taraflar turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida –sotuvchi va xaridor, energiya Majburiyat taraflariqarzdorkreditorMuayyan bir harakatni qilinishini yoki undan saqlanishining talab etishga haqli bo'lgan tarafMuayyan bir harakatning qilishga yoki harakatning qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf ta’minoti shartnomasida energiya bilan ta’minlovchi va abonent (iste’molchi), pudrat shartnomasida pudratchi va buyurtmachi, haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida ijrochi va buyurtmachi, transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditor va mijoz, vositachilik shartnomasida vositachi va komitent, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi boʻyicha bir taraf –kompleks litsenziar ikkinchi taraf –kompleks litsenziat, delikt munosabatlarida zarar yetkazuvchi va jabrlanuvchi va h.k. Lekin ularning birini qarzdor, ikkinchisini esa kreditor sifatida tushunmaslik lozim. Jumladan, har bir taraf bir vaqtning oʻzida kreditor yoki qarzdor boʻlib qolishi mumkin. Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda) qatnashuvchi shaxslar birvaqtning oʻzida ham kreditor, ham qarzdor boʻlib hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi mol-mulkni talab qilib olish yuzasidan –kreditor, uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majbu-riyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya’ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish huquqi, ham majburiyat boʻlsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama shartnomalar) murakkab majburiyatlar, deb ham yuritiladi. Odatda, har bir majburiyatda ikki taraf –kreditor va qarzdor qatnashadi. Ammo ba’zi hollarda majburiyatda kreditor yoki qarzdor tarafida yoxud har ikki tarafda ham bir necha shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Bunday majburiyatlar koʻp shaxsli majburiyatlarhisoblanadi. Masalan, bir mol-mulk ikki shaxs tomonidan sotib olinganida sotuvchi huzurida uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor tomonidan ikki shaxs qatnashadi. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib qatnashuvchi shaxslar faolva nofaol ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib kreditor tarafida qatnashuvchi shaxslar –faolishtirokchilar deb, qarzdor tarafida qatnashuvchi shaxslar esa –nofaolishtirokchilar deb ataladi. Agar majburiyatda qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham koʻpchilik boʻlib ishtirok etsa –aralashishtirokchilar deb ataladi. Koʻp shaxslar ishtirok etgan majburiyatlar ulushliva sherikmajburiyatlarga boʻlinadi. Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri qarzdordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, ulushli qarzdorlardan har biri oʻziga tegishli ulushni bajarishga majbur boʻladi. FKning 251-moddasida koʻrsatilganidek, agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
216Ulushli majburiyatga ikki fuqaro tomonidan ulushlarga boʻlinib qurilgan uy-joyning sotilishida sotuvchilardan har biri oʻz ulushiga nisbatan tegishli haqni talab qilish yuzasidan kreditor boʻlishini misol qilib koʻrsatish mumkin. Yuridik shaxslar oʻrtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi mumkin. Masalan, bir necha tashkilot birgalashib uy-joy qurganida, tashkilotlarning har biri oʻz ulushiga yarasha uy-joyni boshqarish va undan foydalanish huquqiga ega boʻladi.Ulushli majburiyatlarda faol ishtirokchi boʻlgan kreditorlardan har biri qarzdordan faqat oʻziga tegishli ulushnigina talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdorlardan har biri oʻziga tegishli ulushda majburiyatni bajarishga majbur boʻladi. Kreditorlardan biriga majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan oʻz ulushiga yarasha bajarishi ulushli majburiyatni butunlay bekor qilmaydi. Bunday majburiyat, to boshqa kreditorlarning talablari qondirilguncha yoki boshqa qarzdorlar oʻz ulushlariga yarasha majburiyatlarini bajarguncha saqlanib qoladi. Kreditorlar va qarzdorlar koʻpchilik boʻlgan taqdirda kreditorlardan har biri qarzdordan qarzni boshqalar bilan teng ulushda talab qilishga haqli va qarzdorlarning har biri esa boshqalar bilan teng ulushda majburiyatini bajarishga majbur boʻladi. Sheriklik majburiyatlarga asosan, kreditor majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini, sherik qarzdorlarning har qaysisidan majburiyatning butunlay bajarilishini talab qilishga haqli. Yuqorida berilgan ta’rifga koʻra, sheriklik majburiyatlarida qatnashuvchilar sifatida qarzdor bitta-yu, kreditorlar bir nechta boʻlishi yoki bir necha kreditor va bir necha qarzdor boʻlishi mumkin. Sheriklik asosida majburiyat olganlar –sherik qarzdorlar boʻlsa, sheriklik asosida talab qilish huquqiga ega boʻlganlar –sherik kreditorlar deb ataladi. Sheriklik majburiyatining mazmunini sheriklik majburiyati va sheriklikka oid talab qilish huquqlari tashkil etadi. Masalan, bir necha shaxs bir kishiga yoki tashkilotga ziyon yetkazganlarida qonun boʻyicha sheriklik majburiyati belgilanadi. Bir necha vorislarga qarashli, ulushli va boʻlinmagan uy-joy bir fuqaro tomonidan sotib olinganda, sheriklikka asoslangan talab qilish huquqi vujudga keladi. Sheriklik majburiyatida kreditorlarning talablari yoki qarzdorlarning majburiyatlari ulushlarga boʻlinmaydi. Ammo kreditorlardan biri yoki bir nechtasi qarzning qisman bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
217Sheriklik (solidaritet) asosida belgilanadigan majburiyatga koʻra, qarzdorlardan biri tomonidan majburiyat bajarilmaganida, uning uchun boshqa sherik qarzdorlar javobgar boʻlishadi va aksincha, sherik qarzdorlar bajarmagan majburiyatning bajarilishini bunday qarzdorlarning biridan ham toʻla talab qilishi ham mumkin. FKning 252-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdorlarning sheriklik majburiyati belgilanganida, kreditor majburiyatni qarzdorlarning barchasidan birgalikda, shuningdek har qaysisidan ayrim-ayrim holda toʻla yoki qisman bajarilishini talab qilishga haqlidir. Sherik qarzdorlarning biridan toʻla qanoat hosil qilmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa sherik qarzdorlardan talab qilishga haqli. Sherik qarzdorlar to majburiyat toʻla bajarilgunga qadar, qarzdor boʻlib qolaveradi. Sherik qarzdorlarning har biri kreditorning talablariga qarshi e’tirozlarini bildiraoladi. Chunonchi, qarzning ilgari toʻliq yoki qisman toʻlanganligini koʻrsatishlari mumkin. Ammo sheriklik majburiyat boʻlgani holda, qarzdor kreditorning talablariga qarshi boshqa qarzdorlarning kreditorga nisbatan boʻlgan, mazkur qarzdor ishtirok etmagan, munosabatlarga asoslangan e’tirozlarini qoʻya olmaydi (FKning 253-moddasi). Masalan,sheriklik majburiyatda kreditor G. sherik qarzdorlari A. va V.lardan biri aytaylik, V. boshqa bir oddiy majburiyatda qarz shartnomasi boʻyicha G.ning kreditori boʻlsa,bunday holda oʻzaro hisoblashishni faqat V.gina talab qila oladi. Binobarin, unga nisbatan sheriklik majburiyati yuzasidan talablar qoʻyilganida,faqat uning oʻzigina e’tirozlar bildira oladi. Boshqalar bunday huquqqa ega boʻla olmaydi. Sheriklik majburiyatining qarzdorlardan biri tomonidan toʻla bajarilishi,boshqa qarzdorlarni kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan ozod qiladi. Sheriklik majburiyatini bajargan qarzdor, qonun yoki shartnomalarda boshqacha tartib belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, majburiyatni bajargan qarzdor oʻz ulushini chegirib tashlab boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda regress talab qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Majburiyatini bajargan qarzdorga toʻlanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng ulushlarda tushadi (FK 254-modda).Agar sheriklik majburiyatda kreditorlar bir nechta boʻlsa, u holda sherik talablar vujudga keladi va sherik kreditorlarning har qaysisi qarzdorga nisbatan toʻla hajmda talab qoʻyishga haqli boʻladi. Bunday sheriklik talablarga faol sheriklik deyiladi. Sheriklik talablariga binoan, qonun yoki shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, qarzdor kreditorlarning biriga majburiyatni toʻla hajmda bajarishi mumkin, kreditor esa qabul qilib olishga majbur. Sherik kreditorlardan har biri ham qarzdordan majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini talab qilishga haqli. Bunday talab qoʻyilganda majburiyatni solidar kreditorlardan biriga nisbatan toʻla bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozodqiladi (FK 255-modda, 3-band).Sheriklik talablar koʻpincha birgalikdagi faoliyatdan, sherik mualliflikdan va boshqa ba’zi huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi mumkin. Sherik kreditorlardan har biriningharakati bilan boshqa kreditorning manfaatiga ziyon yetkazmasligi kerak. Chunonchi, sherik kreditorlardan birining qilgan harakati qarzdorlardan birini majburiyatning muayyan qismini bajarishdan ozod qilishga qaratilgan boʻlsa ham, bu qarzdor sherik kreditorlar huzurida majburiyatni toʻla bajarishdan ozod boʻlmaydi. Qarzdor sherik kreditorlarning biri tomonidan qoʻyilgan talabga qarshi oʻzining boshqa sherik kreditorlar bilan boʻlgan, mazkur kreditor ishtirok etmagan munosabatlarga asoslangan e’tirozini qoʻya olmaydi. Masalan, pudrat shartnomasi boʻyicha,pudratchi bir necha jamoa xoʻjaligining buyurtmasiga binoan stadion qurishi kerak boʻlib, keyinchalik shu jamoa xoʻjaliklarining biridan buyurtmani kechiktirib bajarishga muhlat olgan boʻlsa, qolgan jamoa xoʻjaliklarining buyurtmasini oʻz vaqtida bajarishi uchun qoʻygan talabiga kechiktirib bajarish uchun olgan muhlatini qarshi qoʻya olmaydi. Majburiyatning qarzdor tomon sherik kreditorlaridan birining toʻla hajmda bajarilishi, uni boshqa kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi. Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan sherik kreditor, basharti ular oʻrtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa, boshqa kreditorlarga tegishli boʻlgan ulushlarni toʻlashi shart (FK 255-modda). Aralash sheriklik majburiyatlarda bir vaqtning oʻzida bir necha kreditor va qarzdor shaxs ishtirok etadi. Bunday majburiyatlarni bajarish tartibiga faol va sust sheriklik majburiyatlarini bajarish deyiladi. Masalan, shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlgan bir necha fuqaro ta’mirlovchi brigada bilan pudrat shartnomasi tuzgan boʻlsa, ulardan har biri majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini brigadaninghar qaysi a’zosidan talab qilishga haqli. Tashkilotlar yuridik shaxs sifatida mustaqil mulkiy javobgarlikka ega boʻlib, xoʻjalik hisobi asosida ish olib borganliklari sababli,har qaysi tashkilot majburiyatini bajarmaganligi uchun oʻzicha alohida javobgar boʻladi. Lekin ayrim hollarda aralash sheriklik majburiyati asosida ham javobgarlik belgilanishi mumkin. Masalan, turli tashkilotlarga qarashli avtomashinadan bir necha fuqaroga ziyon yetkazilsa, birgalikdagi aralash sherik javobgarlik belgilanishi mumkin. Qoʻshimcha (subsidiar) majburiyatlar faqat qarzdorlar tarafida vujudga keladi. Majburiyat asosiy qarzdor tomonidan bajarilmaganida,kreditor uning bajarilishini qoʻshimcha qarzdordan talab qilishga haqli. Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutilgan. Bunga asosan,qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq,asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan qondirilishi mumkin boʻlsa, subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirilishdan oldin,bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak. Aks holda,asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega. Sheriklik majburiyati boʻyicha boshqalar uchun majburiyatni ba-jargan qarzdor regress (qaytarma) da’vo huquqiga ega boʻlsa, qoʻshimcha majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, shu bajarilgan narsani qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaydi. Masalan,ota-onalar farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga toʻlaganlarida mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar. Qoʻshimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda koʻrsatilgan taqdirdagina vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻsmir tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va homiylari qoʻshimcha javobgardirlar.
Dostları ilə paylaş: |