Makroiqtiodiyot fanidan Ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatori


Davlatning asosiy ichki funkstiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 37,72 Kb.
səhifə6/11
tarix23.05.2023
ölçüsü37,72 Kb.
#120541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
КУРС ИШИ

Davlatning asosiy ichki funkstiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
iqtisodiy funkstiya;
 ijtimoiy funktsiya;
 siyosiy funkstiya;
 huquqiy tartibotni ta’minlash funkstiyasi;
 tinchlik va totuvlikni ta’minlash funkstiyasi;
 ekologik funkstiya va boshqa funkstiyalar.
Iqtisodiy funktsiya bu davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, boshqaruvni amalga oshirish hamda tartibga solib turishdan iboratdir. Bundan tashqari, davlat byudetni shakllantirish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini aniqlash, turli xil mulk shakllarini tenglik sharoitida amal qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash kabilar ham davlatning iqtisodiy sohadagi funkstiyasi doirasiga kiradi.
Ijtimoiy funktsiya - bu aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, insonlarga munosib turmush tarzini yaratish, ta’lim sohasini, sog’liqni saqlash va madaniyatni rivojlantirish va b.
Siyosiy funkstiya - bu davlatning (jamiyatning) siyosiy hayotini boshqarish, davlat organlarini shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etishdan iborat.
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish funkstiyasi- davlatning jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilarga qaratilgan bo’ladi.
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funkstiyasi -bu davlat tomonidan aholining tinch-totuv yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, turli millatlarni va ijtimoiy guruhlarni murosai mudorada saqlab turishdan, ularning orasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish hamda bartaraf etishdan iborat.
Davlatning ekologik funkstiyasi - uning jamiyat talab va ehtiѐjlarini yanada to’liqroq ta’minlash va jamiyat a’zolarining yashash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarini hal etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tiklash va ko’paytirish borasidagi faoliyatidir. Ichki tuzilishiga ko’ra, davlatning ekologik funkstiyasi o’zaro bog’liq uch yo’nalishda amalga oshiriladi: a) atrof tabiiy muhit ob’ektlarini saqlash; b) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; v) tabiiy resurslarni tiklash. Davlatning ekologik funkstiyasi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash, ko’paytirish, fuqarolar uchun qulay tabiiy atrof muhitni yaratish maqsadlariga qaratilgandir.

Yüklə 37,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin