Tashqi funkstiyalardavlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlaridir. Bu funkstiya davlatning boshqa davlatlar aloqasi bilan bog’liq ishlardagi munosabatlari faoliyatlaridir. Tashqi funktsiyada davlat, avvalo, xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Bunda asosan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat, mudofaa va xavfsizlik, diplomatik va konsullik munosabatlari, boshqa mamlakatlardagi o’z fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, xalqaro hamjamiyatning umumiy faoliyatida ishtirok etish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
3.Byudjet-soliq siyosati va davlat xarajatlari multiplikatori Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiscal siyosat orqali erishiladi Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda toliq bandlikni toʻlov balansining muvozanatini va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilgan davlat harajatlari va soliqlarni oʻzgartirishni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar tushiniladi.
Iqtisodiy turg’unlik yoki pasayish davrida bolgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragʻbatlantiruvchi fiskal siyosat fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda toliq bandlike va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bolgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bolmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy oʻsishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol oʻynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bolsa, davriy pasayishni tugatish uchun oʻz xarajatlarini oshirish, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlar oshirishi maqsadga muvofiq boladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bolsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy koʻtarilish paytida esa davlat xarajatlari oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi. Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi. Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.