Davlatga xos belgilari va funktsiyalari.Davlat o’zining tashkil etilishi, maqsad va vazifalari bo’yicha ibtidoiy jamiyatdagi oqsoqollar, urug’ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli bo’lgan ijtimoiy hokimiyatdan ajralib turadigan belgilariga ega. Bular:Davlat paydo bo’lgan jamiyatda fuqarolar davlat chegaralari doirasida ma’lum hududga birlashadilar.Davlat ilk jamiyatdan hududiy tashkil topishi bilan farq qilardi. Hududiy tuzilishning birinchi bosqichi shahar edi.Shahar odamlarini qarindoshlik asosida emas, balki ma’lum hududga ko’ra birlashtirgan. Davlat jamiyatini boshqarish uchun jilvoni o’z qo’liga olishi bilan xarakterlanadi. Davlatjamiyatda urug’lar, halqlar, millatlar, sinflar o’rtasida mavjud bo’lgan ijtimoiy tengsizlikni murosaga keltirish, jamiyatni yagona tuzum sifatida saqlab, idora qilish uchun xizmat qilish sifatida vujudga kelgan.
O’ziga xos ommaviy hokimiyat –davlat hokimiyatining paydo bo’lishi, ya’ni maxsus bilim vamahoratga ega bo’lgan boshqaruvchilar qatlami yuzaga keladi.Davlat apparati dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli murakkab tizimga ega edi. U o’zini saqlash va faoliyat ko’rsatish uchun ma’lum manbalarga muhtojlik sezgan. Bunday manbalar soliqlar, yig’imlar va boshqa tushumlar edi. Davlat asosida tug’ilgan har qanday jamiyat samarali boshqarishga muhtojbo’lib, uning keyingi rivojlanishi shunday boshqarishni izlash bilan bog’liqdir.Davlat o’z vazifalarini bajarish uchun odamlarning bajarish uchun odamlarning alohida qatlami-davlat apparatiga ega bo’lgan. Bu muayyan hokimiyatga ega bo’lgan, ya’ni zaruriyat tug’ilganda majburlash, zo’ravonlik yordamida aholining boshqa tabaqalarini o’z erkiga bo’ysundirish, u yoki bu manfaatlarni ta’minlovchi kishilar guruhi bo’lgan. Buning uchun o’ziga xos davlat institutlari-sudlar, turmalar, polistiya, armiya paydo bo’lgan. Ular majburlashga moslashtirilgan organlar edi.
Davlatga xos belgilar quydagilardan iborat.Soliqlarning mavjudligi. Soliq - davlatning aholi dandavlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta’minlangan qismiga yordam berish uchun zarur bo’lgan moddiy mablag’larning undirib olinishidir.