5.Byudjet xarajatlaridan samarali foydalanish. Iqtisodiyotni liberallashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida moliya tizimi va xususan uning bo’g’inlarini isloh qilish bir qator yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda. Byudjet tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash muammolari va ularni hal qilishda quyidagi yo’nalishlarni ko’rishimiz mumkin: Iqtisodiyotdagi soliq yukini qisqartirish siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat byudjetning daromadlarini samarali shakllantirish va uning manbalari tarkibini optimallashtirish; daromadlarni davlat byudjetning turli bo’g’inlari xarajat majburiyatlariga asoslangan holda taqsimlanish mexanizmini samarali shakllantirish, davlat byudjeti xarajatlarini manzilli va maqsadliligini oshirishni ta’minlash. Ulardan iloji boricha iqtisod qilingan holda zaruriy ehtiyojlarni moliyalashtirishga yo’naltirish hisoblanadi. davlat byudjeti ijrosini gaznachilik tizimiga o’tkazish va shu yo’l bilan byudjet ijrosining samarali tizimini shakllantirish. 2018 yilda davlat byudjeti daromadlari 79099,1 mlrd. so’mni tashkil etgan holda 2017 yilga nisbatan 29,7%ga oshgan. Byudjet daromadlari tarkibida to’g’ri soliqlar 19,8%ni, egri soliqlar 52,2%ni, resurs to’lovlari 16,0%ni, shuningdek, boshqa daromadlar esa 10,1%ni tashkil etgan. To’g’ri soliqlar tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i yuqori ulushni tashkil etgan. Jami davlat byudjeti daromadlari tarkibida yuqori ulushni egri soliqlar, jumladan, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun solig’i tashkil etib oldingi yilga nisbatan 59,7 foizga oshgan. Ushbu ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, davlat byudjetiga to’lovlarni jalb qilishini oqilona tashkil etilganligi byudjet daromadlarini barqarorligini ta’minlashga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda keyingi yillarda egri soliqli daromadlarning ustivor ahamiyatga ega bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin. Bu holat soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan is’temolchilarga o’tkazilayotganligidan dalolat beradi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, byudjet daromadlari nuqtai nazaridan egri soliqlar asosan, respulika byudjetiga biriktirilgan soliq hisoblanib, ulardan tartibga soluvchi daromadlar sifatida foydalanilayotir. Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibida ularning salmog’i taritbga soluvchi daromadlar sifatida hozirgi kunda 60% atrofini tashkil qilmoqda. Bu holat mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlamaydi. Shuning uchun egri soliqlarning ma’lum bir turlarini mahalliy byudjetlar uchun daromad manbai sifatida biriktirilishi lozimdir. Bu holat byudjet tizimidagi markazlashtirilgan boshqarish tizimini nisbatkan cheklab, amaldagi markazsizlashtirish (destentralizatsiya) siyosatini tadbiq etishning muhim qadamlaridan biri hisoblanishi mumkin. Hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirilayotgan xarajatlarni maqsadli yo’nalishini ta’minlash va samarali foydalanish masalasi byudjet siyosatining kun tartibidagi asosiy masalasi hisoblanadi. Xarajatlarni manzilliligi va maqsadligini kuchaytirishning asosiy omillaridan biri byudjet nazoratini takomillashtirish hisoblanadi. Byudjet nazoratini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tarbirlardan biri byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish hisoblanib, g’aznachilik tizimi sharoitida byudjenet nazoratining dastlabki va joriy nazorat shakllanridan keng foydalaniladi, ya’ni bu bilan byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosining monitoring tizimi shakllantiriladi. Shuning uchun byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini meyyoriy xuquqiy asoslarini imkon darajada mukamallashtirilgan holda shakllantirilishi va uni keng doirada amalda tadbiq qilinishi lozimdir. Bizga ma’lumki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda soliqlar muhim vosita hisoblanadi. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartiblashning o’ziga xos yo’nalishlari mavjud bo’lib, mazkur yo’nalishlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida kichik biznes sub’ektlarini rag’batlantirish, ularni YaIM tarkibidagi salmog’ini oshirishni taminlash; iqtisodiyot uchun bazaviy xususiyatga ega bo’lgan tarmoqlardagi soliq yukini pasaytirish va ularni moliyaviy xo’jalik faoliyatiga soliqlarning ta’sirini nisbatan kamaytirish; ishlab chiqarish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manfaatlarini hisobga olgan holda samarali soliq mexanizmini shakllantirish; aholi uchun ijtimoiy zararli bo’lgan tovarlar va mahsulotlar iste’molini nisbatan cheklash; iqtisodiyotdagi investitsion faollikni rag’batlantirishga qaratilgan soliq mexanizmini shakllantirish. Bugungi kundagi soliqlar vositasida milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini yuksaltirishning rag’batlar tizimi qaytadan ko’rib chiqilishi lozimdir. Amaldagi soliqlarning rag’batlantiruvchilik faoliyati eksport operatsiyalar tarkibiy tuzilishiga qaratilgan emas. Eksport operatsiyalarini soliqlar vositasida raqbatlantirishda uning tarkibiy tuzilishi xususan, tayyor mahsulot eksportini qo’shimcha rag’batlantirishga qaratilishi lozimdir. Bu albatta, milliy iqtisodiyotni jahon xo’jaligidagi xom ashyo bazasidan tayyor mahsulot eksporti potentsialini oshirilishiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Byudjet xarajatlarini takomillashtirish esa quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi kerak: byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarni inventarizatsiya qilish kerak; byudjet mablag’laridan foydalanishda byudjet intizomiga rioya qilishni ta’minlaydigan mukammal nazorat tizimini shakllantirish lozim; byudjetdan beriladigan dotatsiya tizimidan bosqichma - bosqich voz kechish lozim; davlat ichki va tashqi qarzlari bo’yicha xizmat ko’rsatish to’lovlarini mutanosib ravishda takomillashtirish kerak. Hozirda bu xarajatlar asosan tashqi qarzlarni to’lashga yo’naltirilmoqda; byudjet tashkilotlarning kreditorlik qarzlarini bartaraf qilish va byudjet tashkilotlaridagi to’lov intizomini kuchaytirish lozimdir. Davlat byudjetini g’azna ijrosi byudjet mablag’larining maqsadli va samarali ishlatishga hamda kreditor to’lov intizomini mustahkamlashga va natijada debitor va kreditor qarzdorliklarni keskin qisqartirish, ya’ni Davlat byudjeti ijrosi jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangi sifat pog’onasiga chiqarishdir. O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik tizimini yaratish bilan bog’liq bo’lgan islohotlar Davlat byudjeti ijrosi jarayondagi tubdan o’zgarish deb baholasa bo’ladi. Byudjet ijrosini isloh qilishda Davlat byudjeti ijrosiga mas’ul bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachilik tizimini yaratish nazarda tutiladi. Respublikamizda Davlat byudjeti g’aznachilik ijrosiga bosqichma-bosqich o’tish rejasi O’zbekiston Respublikasi g’aznachiligini tashkil etish kontseptsiyasiga asosan ishlab chiqilgan va unda mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari inobatga olingan. Byudjet mablag’laridan foydalanishning asosini birinchi navbatda ustuvor vazifalarni ta’minlashga yo’naltirilgan dasturlarni mablag’ bilan ta’minlash hamda foydalanilmayotgan yoki samarali foydalanilmayotgan resurslarni qayta taqsimlash tashkil etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur holat, davlat byudjetining mutanosib va barqaror bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlab o’tdilar: “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”. 1 Yuqoridagi vazifani amalga oshirishda, bizningcha, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan byudjet xarajatlarini rejalashtirish byudjet mablag’lari taqsimotining optimal variantini tanlashga yo’naltirilishi va milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini orttirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjet xarajatlarining samarali ishlatilishi uchun tegishli chora-tadbirlar ko’rish zarur. Budjetdan iqtisodiy sohaga pul ajratishdan asosiy maqsad, davlatning bu sohaga aralashuvini ta’minlab turishdir. Davlatni iqtisodiyotga aralashishi esa iqtisodiyotni o‘sishida muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda bizning respublikamizda bu juda muhimdir. Budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu fondlarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasida davlatning maqsadli jamg‘armalarini shakllantirishda ularning tashkil qilinishi bo‘yicha jahon tajribasi o‘rganildi, mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar e’tiborga olindi. Albatta, bunday uy-g‘unlashtirishga erishish natijasida ijtimoiy siyosatning samara-dorligi va ta’sirchanligi oshdi. Ushbu fondlarning ba’zilari boshqa mamlakatlardagiga o‘xshash bo‘lsa, boshqalari esa o‘xshashi yo‘q, ya’ni alohida bo‘lib, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos milliy yo‘limiz borligini tasdiqlab turibdi. Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan - aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi. Davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
➢ Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlash va barqarorlashtirish maqsadlarida jamg‘armalarga kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarni jalb etish ularning davlat budjetidan dotatsiyalar olish holatlarini qisqartiradi;
➢ O‘zbekistonda davlat maqsadli jamg‘armalarining barqaror hamda uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xusu-siy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirishdan etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining shakllantirsh zarur;
➢ Mamlakat moliyaviy qonunlariga jamg‘armar daromadlari hajmini optimallashtirishni, moliyaviy resurslaridan foydalanish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish;
➢ Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining aniq va maqsadli, standartlardan og‘ishmay ishlatilishi ustidan nazoratni yanada oshirish, jamg‘armalar daromadlari shakllanishi va xarajatlarining ijrosini amalga oshirishda amaldagi g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada mustahkamlash orqali davtlabki va joriy nazoratlar mustahkamligini ta’minlash;
➢ Budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalardan samarali foydalanish maqsadida davlat moliyaviy siyosati bilan davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatining bir xilligini ta’minlash;
➢ Mamlakatning kelgusi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishida moliya tizimi barqaror faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy yo‘nalishdagi maqsadli jamg‘armalarni shakllantirish.
➢ Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va jamg‘arib boriladigan pensiyani ixtiyoriy badallar hisobiga shakllantirishni rag‘batlantirish Aholini ijtimoiy himoyalash muammolari qanchalik keng qamrab olinganligi va ilmiy jihatdan chuqur o‘rganganligiga qaramay, bu masalaning dolzarbligi saqlanib qolaveradi. Iqtisodiyot taraqqiy etgan sari mazkur fondlarning ahamiyati ham ortib boradi. Bu esa davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mohiyati va vazifasini ilmiy tarzda tushunishni, tahlil etishni, ularning faoliyatini jahon tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida tahlil qilgan jahon tajribasidan ma’lum bo‘ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini moliyalashtirishning bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalish - minimal pensiyani kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida o‘zining ish beruvchilariga qo‘shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar imkoniyat-laridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash belgilangan. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsa-riya, Italiya kabi mamlakatlar shu yo‘ldan bormoqda. Budjetdan tashqari fondlar tizimini isloh qilish, hamda uni shakllantirish va sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:
➢ xususiy (nodavlat) nafaqa jamg‘armalarini shakllantirish lozim. Bunday jamg‘armalarni tashkil etish qoidalarini ta’minlovchi va faoliyat jarayonini boshqarib turuvchi qonunlar talab qilinadi. Ularning investitsion faoliyati esa mahsus boshqaruvchi kompaniyalar orqali amalga oshirilishi kerak. Bu esa mablag‘ quyishning samaradorligini va uning saqlanishini kafolatini ta’minlovchi asosiy shart hisoblanadi;
➢ kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish orqali Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma xarajatlarini qisqarishiga erishish;
➢ aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi;
➢ Ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish;
➢ Minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish. Ma’lum bosqichda, amaliyotga kun kechirish minimumi kattaligi ijtimoiy standartini tadbiq etish;
➢ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega kam ta’minlangan oilalarni kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish. Bu maqsadda budjetdan tashqari fondlar, xalqaro rivojlanish loyihalari va xorijiy donorlar ishtirokida ixtisoslashgan ijtimoiy investitsiyalar Fondini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Xulosa: Xulosa qilib aytganda, ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatorlarga o'tkazilishi mumkin. Multiplikatorlar, bir iqtisodiy tizimda bir harajatni boshqa sohalarga o'tkazish orqali yuzaga kelgan o'simliklar bo'lib, ularga qo'shimcha daromad va ish o'rinlari yaratish imkoniyatlarini beradi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida, davlat xarajatlari multiplikatorlarga o'tkazilishi qulaydir. Bu holatda, davlat xarajatlari o'simliklarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Bu o'simliklar esa, ish o'rinlari yaratish, daromad olish va boshqa qo'shimcha iqtisodiy faoliyatlar yaratish imkoniyatlarini yaratadi. Yopiq iqtisodiyot sharoitida, davlat xarajatlari ham multiplikatorlarga o'tkazilishi mumkin. Bu holatda, davlat xarajatlari boshqa sohalarga o'tkaziladi, bu esa ularning iste'mol qilishlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Misol uchun, davlat transport tarmog'iga xarajatlar kiritilishi orqali transport sohasida yangi ish o'rinlari yaratilishi mumkin. Bu esa, yangi daromad va yana boshqa sohalarga o'tkazilishi mumkin. Bundan tashqari, davlat xarajatlari multiplikatorlarga o'tkazilishi, moliyaviy sharoitni ham o'z ichiga oladi. Misol uchun, davlat xarajatlari ta'minot tizimiga katta mablag'lar sarflaydi. Bu esa, ta'minot tizimida ishlayotgan hodimlarning maoshlarini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va boshqa qo'shimcha iqtisodiy faoliyatlar yaratish imkoniyatlarini yaratadi. Bular bilan birga, davlat xarajatlari multiplikatorlarga o'tkazilishi, iqtisodiy tizimga yoki sohaga qarshi ta'sir ko'rsatmaydi, balki o'simliklar yaratish va moliyaviy sharoitni yaxshilash imkoniyatlarini beradi.