Makroiqtiodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/10
tarix13.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 1-21 talabasi Saparov Sardor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI

«IQTISODIYOT» kafedrasi


MAKROIQTIODIYOT
fanidan


Infilyasiya va aksilinfilyasiya siyosati
mavzusidagi
KURS ISHI

Bajardi: “Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 1-21 gurux talabasi Saparov Sardor

Ilmiy rahbar: «Iqtisodiyot» kafedrasi katta o‘qituvchisi Raxmatov Komoliddin.

















Guliston-2023


Mundarija:
Kirish........................................………………………………………….…...3

1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari………..………….....................5

2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.…………….………….……..7

3.Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik.Fillips egri chizig‘i……….….…..10

4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga
oshirish xususiyatlari……………..……….…………….….…………………11

5.Inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar — tarix va bugun………17




6. Inflyatsiyaning hayotga ta’siri…………………………………………….….24


Xulosa………………………………..………….………………………...….....26

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….……..…...……..29



Kirish
Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi.Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarni emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa TI.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsataveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.


Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari


Inflatsiya - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi. pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.30 Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi. uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa. iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki. bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa. ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini. talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

  1. valuta kururslarining o‘zgarishi;

  2. kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;

  3. kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.

Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi inflatsiya darajasi (baholarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
P-P-1
П =
P-1
bunda: n- yillik inflatsiya sur’ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi; P-1 - o‘tgan yilning narxlar indeksi.
Inflatsiyani miqdoran o‘lchash uchun makroiqtisodiyotda «70- miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o‘sishi sharoitida inflatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflatsiya darajasiga bo‘lish kifoya:


Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur =
yillar soni n
Misol uchun, yillik inflatsiya darajasi 7 % ga teng bo‘lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg‘armaning necha yildan so‘ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo‘lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin