resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi
iste'molning xarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To'rtinchidan,
iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo'lib, bozor muvozanati,
ya'ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab
va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida
barcha xaridorlar tengligi,
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to'xtovsiz rivojlanish holatida
bo'ladi. Iqtisodiy sikl fazalarqda, bozor konyukturasi, bozor subyektlari daromadlari
va talabi tarkibida o'zgarishlar ro'y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg'un iqtisodiyotdagi shartli
umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishini taqazo qiladi.
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik bu mamlakat
butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning
me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari
hamda barcha bozordaga o'zaro bog'liq va
bir-birini taqazo qiladigan
muvozanatliklar tizimini o'z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bog'liq
usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish
umumiy hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM),
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste'mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning
umumiy summasi (S+1p) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab
chiqarishning shunday hajmini, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun
yetarli umumiy sarflarni ta'minlaydi.
Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot
muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM)
xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Gp) teng bo'ladi.
Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab
chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi.
Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste'mol qilmasdan jamg'arishga qo'yish
mumkin. Jamg'arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo'yish
hisoblanadi. Bunda kamg'armaga qo'yilgan mablag' investitsiyalar bilan to'liq
qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo'ladi.
Investitsion sarflarning ko'payishi, ishlab
chiqarish hajmi va daromad
darajasining o'sishiga olib keladi. Bu o'zaro natija multiplikator samarasi deyiladi.
Multiplikator amarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning sarflaridagi
(investitsiyalardagi) o'zgarishga nisbati.
Dostları ilə paylaş: