bilan ta'minlash va muomaladagi pul massasiga bog'lab borish.
• Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining
faolligiga erishish.
Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo'lib, bunga erishish muqarrar
ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u
buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o'sish notekis boradi.
3-§ Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi.
Iqtisodiy iiqirozlar
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham
iqtisodiy o'sishga, hamda to'liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga
harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi,
u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo
tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib
bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi
va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishidir.
Dostları ilə paylaş: