Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja



Yüklə 176,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix03.06.2023
ölçüsü176,45 Kb.
#124412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘l

Umumiqtisodiy 
xarakterdagi 
mutanosibliklar. 
Bunga 
milliy 
daromaddagi tarkibiy qismlar: iste'mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi: 
iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o'rtasidagi: aholining 
daromadlari bilan xarajatlar o'rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko'rsatish 
mumkin. 
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini 
ta'minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o'rin tutadi. Mamlakat xalq 
xo'jaligi juda ko'p tarmoq va sohalardan iborat bo'lib, ularning rivojlanishi bir-biriga 
taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste'mol qilinadi 
yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o'z iste'molchisini topadi. Masalan, Qishloq 
xo'jalik mahsulotlarning ko'pchilik qismi paxta, g'alla, pilla, sut va h.k. anoatning 
tegishli tarmoqlarida qayta ishlab, pirovard mahsulotga aylantiriladi va 
iste'molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O'z navbatida sanoatning ishlab 
chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo'jaligining boshqa 
tarmoqlari /qishloq xo'jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste'mol qilinadi. Bu 
ularning bir-biriga bog'liklikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo 
mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo'jaligi, sanoatning «a» guruhi bilan «b» 
guruhi o'rtasidagi va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari o'rtasidagi mutanosibliklar 
misol bo'ladi. 
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy 
ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali 
ta'minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi 


soha va ishlab chiqarishlar o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning 
ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigai sohalari, qishloq 
ho'jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o'rtasidagi mutanosibliklar va h. 
k. Shu bilan birga ta'kidlab o'tilgai sohalarning ichidagi tarkibiy bo'linmalar o'rtasida 
ham bog'liqlik bo'lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash 
tarmoqlari, chorvachilikning sut va go'sht ishlab chiqarish sohalari o'rtasida va 
boshqalar.
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat 
ayrim hududlari o'rtasidagi bog'liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda 
hududlar o'rtasidaga mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq 
namoyon bo'lmaydi. Lekin alohida hududiy bo'liimalar (viloyat, tuman, shahar va 
boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqligi, 
ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan 
qaralsa, bu bog'livlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi. 

Yüklə 176,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin