Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida
eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan
iborat.
Bunday raqobat kapitallaming foyda normasi kam bo‘lgan
tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab
bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib,
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu
asosda, narxlar pasaya boshlaydi.
Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi
tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu
yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular
15
taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat
obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu
muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo
raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda
normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda
bir tarmoq ichidagi raqobatning
to‘rtta
shakli alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya,
monopolistik raqobat va oligopoliyadir.
Sof raqobat
sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda
juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil
qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif
qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va iste’molchilarining
soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar
mahsulot narxi ustidan nazorat o‘mata olmaydi yoki nazorat sezilarsiz
darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab
chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak
mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida
yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan
korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan, yangi
korxonalaming paydo bo‘lishi va ulaming raqobatli bozorda
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy
iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
|