18
munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal
qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali
yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida
raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Unum-dorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va
aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan
tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan
shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab
chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar
orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi.
Raqobatning
Dostları ilə paylaş: