Sof monopoliyada
tarmoq bitta korxona yoki firmadan iborat
bo‘lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya
sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning
sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan
nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat
o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat
unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab
11
ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish
hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir
ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi
boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli,
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya
- tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalaming
mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng
muhim belgisi bo‘lib, qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam
sonli ishlab chiqamvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik
tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab
chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari - po‘lat, mis,
alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi
mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi.
Iste’mol tovarlari - avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigaretlar,
maishiy elektr buyumlari va shu kabilami ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq
bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx
siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.
Raqobat
kurashi
ikki
tomonlama:
bir
tomondan
ishlab
chiqamvchilar o‘rtasida, ikkinchi tomonidan esa iste’molchilar o‘rtasida
sodir bo‘ladi. Bunda ishlab chiqamvchilar sarflangan xarajatlaming har
12
bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar.
Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlami sotish
doiralarini kengaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, energiya va
arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O‘z
navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati
evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ulaming har
biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk
egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini
tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu
manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish
va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan
bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi
subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq
tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul
munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal
qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali
yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida
raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab
(iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan
iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali,
ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy
13
ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor
qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning
Dostları ilə paylaş: |