14
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning
qulayroq sharoitiga ega boiish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq
korxonalari o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda
ishlayotgan ishchilaming malakasi, ulaming texnika bilan, ta’minlanish
va mehnat unumdorligi darajalari turlicha boiganligi sababli, ushbu
korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlaming individual (alohida) qiymati
bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat
unum-dorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va
aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan
tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Dostları ilə paylaş: