8
Raqobatning
moslashtirish vazifasi
korxona (firma)laming ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan boiib, ulaming
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning
taqsimlash vazifasi
ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat,
raqobatning
nazorat
qilish
vazifasi
bozordagi
ba’zi
ishtirokchilaming boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o‘matishiga y o i qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida toiaroq tushunchaga ega boiish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
O‘z miqyosiga
ko‘ra
raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boiinadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega boiish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan
ishchilaming malakasi, ulaming texnika bilan, ta’minlanish va mehnat unumdorligi
darajalari turlicha boiganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovarlaming individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda
ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil
etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unum-dorligi
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar
va zarar ko‘radilar.
Dostları ilə paylaş: