- demping
narxlarni qoilashdir.
Bunda milliy ishlab chiqamvchilar o'zlarining
tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim
hollarda tannarxidan ham past boigan narxlarda sotadi. Shu orqali ular
ichki bozorda narxlaming barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha
mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining
iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan
narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa
22
tovarlarini qo‘shib berish, muayyaix hollarda imtiyozli narxlarni
belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx
yordamida raqobat qilish o‘z o‘miga ega emas, chunki ishlab
chiqaruvchilardan birining o‘z mahsuloti narxini pasaytirishi uning
raqobatchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada
firmalaming bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat tarmoq bo‘yicha foyda
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat
muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari
va amal qilish xususiyatlarini ко‘rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif
beriladi. Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar,
sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi
mutlaq huquqi» sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki
bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi
adabiyotlarda - yakka) hukmronlik holati» deb ta’riflanadi.
Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday
yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini
aniqlaydi.
|