29
jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob
bermaydigan tovarlami chiqarishga yo‘1 qo‘ymaydigan mexanizmni
yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalami davlat
qonuni bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va
tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar
turiga doir asosiy ko‘rsatkichlami belgilashni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to‘g‘risida. 2012-yil 6-
yanvar. Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini
takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo
etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida
ko‘pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining
kamayishi
munosabati
bilan
Davlat
reestridan
chiqarilmoqda.
Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib,
o‘mida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining
yanada kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan tovarlaming jahon bozoridagi raqobatbardoshligini
ta’minlash ham dolzarb vazifa hisoblanadi.
Shu sababli ham “mamlakatimizda Yaratilgan texnologiyalarning
raqobatdoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli
chora-tadbirlami amalga oshirish” kerak.
Dostları ilə paylaş: