15
taklif
qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat
obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu
muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo
raqobat kapital
qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda
normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda
bir tarmoq ichidagi raqobatning
to‘rtta
shakli alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya,
monopolistik raqobat va oligopoliyadir.
Sof raqobat
sharoitida bir xil mahsulot ishlab
chiqaruvchi tarmoqda
juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil
qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif
qiladilar.
Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va iste’molchilarining
soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar
mahsulot narxi ustidan nazorat o‘mata olmaydi yoki nazorat sezilarsiz
darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada
umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab
chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga,
demak
mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida
yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan
korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan,
yangi
korxonalaming paydo bo‘lishi va ulaming raqobatli bozorda
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy
iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.