Makroiqtisodiyot


resurslarni joylashtirish vazifasi



Yüklə 460,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix20.11.2023
ölçüsü460,49 Kb.
#165253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kur ishi 1

resurslarni joylashtirish vazifasi 
ishlab chiqarish omillarini 
ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona 
joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning 
innovatsion vazifasi 
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo 
etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklaming joriy etilishini anglatadi.



Raqobatning 
moslashtirish vazifasi 
korxona (firma)laming ichki va tashqi 
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan boiib, ulaming 
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati 
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning 
taqsimlash vazifasi 
ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi 
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va 
bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, 
raqobatning 
nazorat 
qilish 
vazifasi 
bozordagi 
ba’zi 
ishtirokchilaming boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik 
o‘matishiga y o i qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida toiaroq tushunchaga ega boiish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. 
O‘z miqyosiga 
ko‘ra 
raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boiinadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq 
sharoitiga ega boiish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari 
o‘rtasida boradi. 
Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan 
ishchilaming malakasi, ulaming texnika bilan, ta’minlanish va mehnat unumdorligi 
darajalari turlicha boiganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tovarlaming individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, 
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda 
ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil 
etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unum-dorligi 
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan 
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar 
va zarar ko‘radilar.

Yüklə 460,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin