17
Iste’mol
tovarlari - avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigaretlar,
maishiy elektr buyumlari va shu kabilami ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq
bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx
siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmay raqobat kurashi ikki
tomonlama: bir tomondan ishlab chiqamvchilar o‘rtasida,
ikkinchi
tomonidan esa iste’molchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bunda ishlab
chiqamvchilar sarflangan xarajatlaming har bir birligi evaziga ko‘proq
foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan
quvish natijasida ular orasida tovarlami sotish doiralarini kengaytirish,
qulay bozorlar,
arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi
manbalariga erishish uchun kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar,
ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq
naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ulaming har biri arzon, sifatli
tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk
egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini
tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib,
ular shu
manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish
va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan
bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi
subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq
tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul
18
munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal
qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali
yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida
raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi.
Bu qiymat, odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Unum-dorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va
aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan
tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan
shu vazifa yordamida iqtisodiyotda
taklifning talab orqali, ishlab
chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar
orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi.
Raqobatning
Dostları ilə paylaş: