9
tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan
talab ular
taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda
qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga
sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni
ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin,
xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy
adabiyotlarda
bir tarmoq ichidagi raqobatning
to‘rtta shakli
alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik
raqobat va oligopoliyadir.
RAQOBAT ISHTIROKCHILARNING ASOSIY
MAQSADLARI
RAQOBAT
ISTE’MOLCHI VA
XARIDORLAR
O’RTASIDA
ISLAB
CHIQARUVCHI VA
SOTUVCHILAR
URTASIDA
ASOSIY
MAQSADLAR
KO’PROQ
NAFLIKKA
ERISHISH
KO’PROQ
FOYDA OLISH
10
2. Raqobat va monopoliyaga ta’sir etuvchi omillar
Sof raqobat
sharoitida bir xil
mahsulot ishlab chiqaruvchi
tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada
tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini
taklif
qiladilar.
Ayni
paytda,
ushbu
mahsulot
xaridor
va
iste’molchilarining soni ham juda ko‘p bo‘ladi.
Sof raqobatli bozorda
alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o‘mata olmaydi yoki
nazorat sezilarsiz darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida
korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi
yoki kamayishi umumiy
taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof
raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin.
Xususan, yangi korxonalaming paydo bo‘lishi
va ulaming raqobatli
bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik,
moliyaviy va
boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: