Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Qo„rqamanki, Sizga men hech qanday tayinli maslahat bera olmayman. Men 
Germaniyaning va u bilan birga oliygohlarning kulfatdan qutilib qolishi 
ehtimoliga umid qolmadi. Siz menga Berlindagidan ham battar bo„layotgan 
Leyptsigdagi rasvogarchiliklardan so„zlab berishingizdan avval, men sizga 
bir necha kun oldin gitler bilan bo„lib o„tgan suhbatim haqida aytib 
bermoqchiman. Men unga, yahudiy o„qituvchi va olimlarga qarshi qaratilgan 
ommaviy ishdan bo„shatish tadbiri tufayli, nemis ilm-fani hamda, 


107 
universitetlariga qay darajada katta talofot yetishini tushintirishga muvaffaq 
bo„laman deb o„ylagan edim. Men bu kabi hatti-harakatlardan ma‟no 
yo„qligini, qaytanga ular mutlaqo aqlga sig„maydigan, axloqan tuban ish 
ekanini, ta‟kidlamoqchi edim. Axir yahudiylarning katta qismi shubhasiz 
o„zlarini haqiqiy nemis deb his qiladilar, oxirgi 
(I-jahon urushi nazarda 
tutilmoqa)
urushda esa, ular ham hamma kabi, o„z hayotlarini Germaniya 
uchun bahshida etgandilar. Lekin men gitler tarafidan buni tushinishga 
bo„lgan zarracha ham intilishni ko„rmadim. Qaytanga undan ham battar 
bo„lib chiqdi. O„ylashimcha, bu odamga gap uqtirsa bo„ladigan tilning o„zi 
yo„q.
Fikrimcha, gitler real olam bilan uzviylikni allaqachon tamomila yo„qotib 
bo„lgan. U o„ziga boshqa odam gapirayotgan gaplarni xuddi g„ala-g„ovur 
g„o„ng„illagan tovush singari qaraydi va tushinishni ham, eshitishni ham 
istamaydi. Aksincha, tezkorlik bilan ovozini balandladib, bir xil gaplarni 
qayta-qayta takrorlayveradi va jazavaga tushib, oxirgi 14 yil ichidagi 
tanazzul hamda, uni to„xtatish zarurligi haqida to„polon aralash baqirib nutq 
so„zlay boshlaydi. 
Bularning hammasi shundayin daxshati taasurot uyg„otadiki, u o„zi e‟tiqod 
qiladigan bunday axmoqgarchilikka boshqalarni ham ishonishini istaydi, 
atrofidagi hamma amaldorlarning ham shunday yo„l tutishiga majburlashga 
intiladi, shu tarzda u o„ziga nisbatan bo„lishi mumkin bo„lgan har qanday 
tashqi ta‟sirlarni keskin va qat‟iy cheklab qo„yadi. u o„zining axmoqona 
g„oyalariga butun vujudi bilan mukkasidan ketganligi tufayli, ong va farosat 
chaqirig„i ungacha hech qachon yetib bormaydi. U Germaniyani mislsiz 
kulfat sari yetaklamoqda... 
Bilasizmi, harakatga kelib bo„lgan ko„chkini to„xtatishning imkoni yo„q. U 
sabab bo„ladigan falokatlar, buzg„unchiliklar, hamda u tufayli qurbon 
bo„ladigan insonlar – bularning barchasi tabiat qonunlari bilan belgilangan 
faktlardir, garchi biz bu haqida avvaldan bila olmasak ham. 
Aslini olganda gitlerning qarorlari bo„layotgan xodisalarni yo„lini to„sa 
olmaydi, chunki u, axmoqlik, aqlsizliklarni yetaklayotgan dvigateldan ko„ra 
qandaydir bir ongsiz maxluqqa o„xshaydi. U o„zi erkinlikka qo„yib yuborgan 
kuchlarning o„ziga nisbatan qanday yo„l tutishini bilolmaymiz: balki uni 
cho„qqiga olib chiqishar, balki uning o„zini yo„q qilib yuborishar
» 
Oxir oqibatda, o„sha uchrashuv so„ngida Plank Geyzenbergga ommaviy 
iste‟fo fikridan qaytishni maslahat berdi. Chunki uning fikricha, bunday yo„l tutish 
baribir kutilgan natijani bermaydi. Ommaviy axborot vositalaridan ham to„g„ri va 
munosib yoritilmaydi. Ustiga ustak, bunday yo„l tutgan shaxslar ta‟qib ostiga olinishi 


108 
mumkin, va ular urush tugagunicha, yoki, qandaydir bir keskin siyosiy o„zgarish yuz 
berib, gitler boshliq fashistik hukumat yo„q bo„lib ketmagunicha mamlakatni tashalb 
qochishga majbur bo„ladilar. Urush qancha davom etishini va qanday tugashini esa
hech kim aniq bilmaydi...
Plankning Geyzenbergga bergan bunday maslahati aslida uning kelajakni 
o„ylab qilgan rejalarining bir qismi edi. Uning fikriga ko„ra, Geyzenberg singari 
kuchli mutaxassis olim va jamiyatda muayyan obro„ga ega bo„lgan shaxslar, 
qanchalik mushkul bo„lmasin Germaniyaning ichkarisida qolib, yangi zamon, yangi 
kelajak uchun poydevor tayyorla turishlari lozim edi. Plank baribir ich-ichidan yaxshi 
o„zgarishlarga va odamlarning aqlini yig„ib olishlari umid bilan yashagani ushbu 
fikrlaridan ham ma‟lum.
Verner Geyzenberg keksa Plankning maslahatiga amal qildi va voqealar rvoji 
kutilmagan tarafga burilib ketdi. Avvaliga uni keskin ta‟qib qila boshlashdi. Uning 
ustozi va yaqin do„sti bo„lgan Maks Born ham kelib chiqishiga ko„ra yahudiylar bilan 
aloqador edi. Shu sababli Bornni Gyottingen universitetidagi kafedra mudiri 
lavozimidan majburiy bo„shatishgan. Bornning o„rniga esa aynan Geyzenberg 
nomzodi tavsiya qilingan edi. Lekin bu tavsiyani fashistlarning madaniyat va talim 
vazirligi ma‟qullamadi va Geyzenberg Bornning o„rnini egallay olmadi. Keyinchalik 
esa Zommerfeld o„zining Myunxen universitetidagi egallab kelgan lavozimidan 
ixtiyoriy iste‟foga chiqishi munosbati bilan, Geyzenberg nomzodini o„z vorosi 
sifatida tavsiya qiladi. Barcha rasmiyatchiliklar bajarilib, Geyzenberg ishga 
kirishishiga tayyor bo„lgan kuni, CC jurnalida shtarkning «Fandagi oq yahudiylar»
nomli maqolasi chop etiladi. Bu maqolada shtark Geyzenberg ustidan qator keskin 
ayblovlarni e‟lon qilgan bo„lib, unda olimning yahudiylar bilan yashirincha 
hamkorlik qilishi, ular bilan yaqin do„stligi haqida gapiriladi. Shuningdek axloqan 
tuban shtark, Geyzenbergning 1933 yilda erishgan Nobel mukofoti ham aslida 
yahudiylarning yordami bilan qo„lga kiritilganini ta‟kidlaydi. Paranoidal kimsa 
bo„lgan shtark intellektual jihatdan ham, axloqiy taraflama ham butunlay tanazzulga 
uchrab, insoniylik chegarasidan chiqib ketgan edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, u 
mazkur lavozimga (ya'ni, Zommerfeldning o„rniga) millatchilikda o„zidan 
qolishmaydigan va gitler hukumatiga sig„inar darajada xizmat qiladigan hamkasb 
maslakdoshlaridan birini tayinlanishiga erishmoqchi bo„lgan. Bu orqali u, Myunxen 
universitetida ham o„ziga tayanch – ta‟sir manbai hosil qilib olmoqchi edi. Diktatura 
rejimlariga xos bo„lgan narsa – destruktrutiv iflos qotishmani – aqlsizlik hamda 
pastkashlik tashkil qiladi.
Shunday qilib, shtarkning o„sha maqolasi tufayli, Geyzenbergni Zommerfeld 
uchun voris bo„lish imkoniyatidan mahrim qilishdi. CC xizmatchilari esa uning 
faoliyatini tekshiruvga olib, olimni har qadamda ta‟qib qila boshlashdi. Uni bir necha 
bor uydan bevavrid olib ketib so„roqqa tutishdi. Turli tuman ayblovlarni bo„yniga 


109 
ilib, zo„rlab tan oldirishga ham urinib ko„rishdi. Uyida, ish kabinetida tovush yozib 
olivchi apparatlar o„rnatib, barcha yozishmalari hamda qaydlarini jiddiy tintiklay 
boshlashdi. Tintuv va ta‟qib qariyb bir yil davom etdi. Voqealar rivoji shunga ishora 
qilar ediki, Geyzenberg taqdiri konsentratsion lager yoki majburiy mehnat kolonnalari 
bilan bog„lanadigandek edi. Uni bunday mahkumlikdan qutqarib qolgan narsa – onasi 
tomondan bobosining shaxsan Gimmler bilan yaqin do„st ekanligi bo„lgan. 
Geyzenbergning onasi bu omildan foydalanib, Gimmlerga otasi nomidan salom 
yo„llaydi va undan o„g„lining taqdiri haqida bayon qiladi. Xat bilan tanishgan
gimmler Geyzenbergga shaxsan o„zi maktub yo„llab, CC chilarning unga nisbatan 
qilayotgan munosabati noto„g„ri ekani va bundan buyon uni hech kim bezovta 
qilmasligini aytib uzr so„raydi. Shu tarzda olim shtarkning hiylasi va pastkashligi 
tufayli tribunalga ketish xavfidan qutilib qoladi.
Taxminan bir yildan keyin, 1939 yilning 25-sentyabrida Geyzenbergning 
nemis atom bombasini ishlab chiqish loyihasiga safarbar etiladi. Bir muddat o„tib u 
mazkur loyihaga rahbarlik qila boshlaydi. Shunday qilib, natsistlarning bir necha 
yillik ta‟qibi va tayziqidan so„ng, olim ular bilan to„g„ridan-to„g„ri hamkorlik qilishni 
boshladi. Geyzenbergning ushbu hatti-harakati, ko„p yillardan beri ko„plab bahs va 
munozaralarga sabab bo„lib kelmoqda. Lekin bu omil boshqa bir kitob uchun mavzu 
bo„la qolsin.
Fashistlar diktaturasi 
qaror topgan yillari 
ko‘plab nemis 
olimlari istab, yoki 
istamasdan mavjud 
jinoiy siyosiy rejim 
bilan murosa qilishga 
majbur bo‘lishgan. 
Otto Gan, Verner 
Geyzenberg hamda, 
Maks fon Lauelar 
shular jumlasidandir.
Suratda

Mazkur uch nemis 
olimi, 1946 yilda 
ittifoqchi qo‘shinlar 
nazorati ostidagi 
Farm-Xolldan ozod 
etilganidan so‘ng.


110 
Ervin Plank 1893 yilning 12-mart sanasida tug„ilgan bo„lib, Maks Plankning birinchi 
xotini Mariya Merkdan eng kenja farzandi edi. Har qanday ota singari Plank 
kenjatoyiga o„zgacha mehr bilan yondoshardi. Ervin ham otasini risoladagidek 
qadrlagan. Xullas ota-bola hayotda doimo juda yaqin va ahil bo„lishgan. 
Ervin harbiy sohani tanlagan. U ofitser sifatida I-jahon urushida nemis 
armiyasi safida xizmat qilgan. Janglardan birida uni fransuz askarlari asir olishadi va 
urush so„ngigacha Ervin Fransiyada hariy asir maqomi bilan tutqunlikda yashaydi. 
Urush Germaniyaning sharmandali mag„lubiyati bilan tugagach, Ervin Plank 
ozodlikka qo„yib yuboriladi va u ko„p o„tmay ota yurtiga qaytib kelib, fon Shleyxer 
ismli mayor bilan yaqindan tanishadi. 1926 yilda fon Shleyxer armiya generali 
maqomigacha ko„tariladi. Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishida ham aynan u hal 
qiluvchi rol o„ynagan.
1930-yillar boshida Veymar Respublikasi chuqur iqtisodiy tanazzul 
iskanjasida bo„lgan. 1929 yil oktyabridagi Nyu-York birjasidagi savdolarning 
kasodga uchrab barbod bo„lishi bilan boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi, butun 
sayyorada juda tez va keng tarqalib, barcha mamlakatlarda keskin iqtisodiy 
bo„xronlarni keltirib chiqardi. Jahon tarixida buyuk turg„unlik davri (1929-1932) deb 
nom olgan ushbu inqiroz, to„g„rirog„i, mislsiz tanazzul, Germaniyaning iqtisodiy va 
ijtimoiy hayoti uchun vayronakor ta‟sir ko„rsatdi. 1929 yildan 1932 yilgacha 
Germaniyaning yalpi ichki mahsuloti hajmi 40% ga pasayib ketdi. 1932 yil holatiga 
ishsizlik darajasi rasman 6 million kishini tashkil etgan: bu – mehnatga layoqatli 
aholining uchdan bir qismi deganidir.
I-jahon urushu qahramoni unvoniga ega bo„lgan prezident Gindenburg hamda 
unga maslakdosh bo„lgan boshqaruvchi elita, shuningdek armiyaning oliy unvonli 
qo„mondonlari hamda o„ngchi partiya vakillari, demokratiya tamoyillarining nemislar 
uchun to„g„ri kelmasligi, demokratiya mavjud inqiroz sharoitidan chiqib ketishga yo„l 
bermasligi haqida tez-tez ta‟kidlashga o„tishdi. Ular shundoq ham o„ta mo„rt bo„lgan 
nemis demokratiyasini butunlay yo„q qilib, diktaturaga asoslangan siyosiy rejim 
o„rnatishni maqsad qilib olishdi. 1930 va 1933 yillar oralig„ida mamlakatda yuzaga 
kelgan ijtimoiy keskinlik va natsistlar partiyasining ta‟sir doirasining kuchayib ketishi 
respublikaning omonat chayqalib turgan poydevorlarini butunlay qo„porib tashladi.
Eng avvalo aynan fon Shleyxerning sa‟y-harakatlari bilan, 1932 yilning 1-
iyun kuni fon Papen kansler etib saylandi. Shleyxerning o„zi esa mudofaa vaziri etib 
tayinlandi. Ervin Plank yangi tayinlangan mudofaa vaziriga juda yaqin shaxs bo„lgani 
uchun, uning xizmatiga chaqirildi. Tez orada fon Shleyxer kabineti Ervin Plankni 
mudofaa vazirligining davlat kotibi lavozimiga tayinladi. Bu lavozim mudogaa 
vazirining birinchi o„rinbosari (vitse-vazir) mansabi bilan ekvivalent bo„lgan. Papen 


111 
va Gindenburg singari, fon Shleyxer ham diktaruraga asoslangan mustabid rejim 
tarafdorlari bo„lishgan. Fon Shleyxer, hokimiyat aslida harbiylarning qo„lida bo„lishi 
kerak va kuchli yetakchiga ega bo„lgan va harbiy jihatdan qudratli armiyaga 
tayanuvchi hukumat tashkil qilish orqaligina Germaniyani qutqarib qolish mumkin 
deb hisoblar edi. Papen kanslerlik qilgan davrda CC yarimharbiylashgan natsistik 
birlashmalarining faoliyatiga chek qo„yish haqida qaror qabul qilindi. Fon Shleyxer, 
zaruriyat tug„ilganda armiya bunday birlashmalar ustidan nazorat qila olmay qoladi 
degan fikrda bo„lgan va mazkur qaror ham aynan uning tashabbusi bilan qabul 
qilingan.
Fikrimcha, asosiy kulfat bu demokratiyaning kirib kelganligidadir. Men 
haqiqatan ham, odamlarga saylash huquqi berilishini xatolik deb hisoblayman.
Shleyxer hokimiyatni natsistlar partiyasi qo„liga o„tishi yuzasidan gitler bilan 
muzokaralar olib borgan. Demokratiyafob diktaturaparast nemis elitasi tasavvurida, 
gitler eng avvalo komunistlarga qarshi va qolaversa, kasaba uyushmalari hamda 
sotsial-demokratlar partiyasiga qarshi kurashda eng maqbul samara beradigan 
nomzod sifatida gavdalandi. Unga 1932 yil avgustida vitse-kansler lavozimini taklif 
qilishdi. Lekin u ushbu taklifni rad etdi va to„liq hokimiyatni istashini bayon qildi. 
1932 yil kuziga kelib Germaniya ijtimoiy portlash chegarasiga kelib qoldi: 
ishsizlikning haddan ziyod o„sib ketishi bilan aholining turmush darajasi va ta‟minoti 
keskin yomonlashdi. Siyosiy boshboshdoqlik va ziddiyatlar avj oldi. Shleyxer 
vaziyatni o„z qo„liga olishga urinib ko„rdi va 1932 yilning dekabrida kansler 
lavozimini qo„lga kiritdi. Ervin Plank davlat kotibi lavozimida qoldirlgan bo„lsa-da, 
Shleyxerning yaqin maslakdoshi sifatida, uning shakllantirgan hukumati tarkibida 
ham maxsus vazifani egalladi. Biroq Shleyxer hukumati o„zini oqlamadi va uzoqqa 
bormadi. Atiga ikki oylik faoliyatdan keyin fon Shleyxer iste‟fo berishga majbur 
bo„ldi. Prezident Gindenburg esa, o„ziga turli tomondan o„tkazilayotgan kuchli tayziq 
va bosim ostida, 1933 yilning 30 yanvar kuni, o„zi juda yomon nafratlanadigan 
kimsasi - gitlerni kansler etib tayinlashga majbur bo„ldi.
gitler boshliq natsistlar siyosati avval boshdanoq faqat kuch ishlatish, 
zo„ravonlik va mustabidlikni o„ziga dastak qilib oldi. Davlat siyosati va jamiyat 
ishlariga aloqador har qanday masala mutaasib millatchilik kayfiyatidagi hukumat 
vakillarining kuch ishlatishga, qiynoq va qatag„onlarga asoslangan jinoiy-harbiy 
uslubi bilan hal etiladigan bo„ldi. 1934 yilda giltler o„zining eski va yangi 
raqiblaridan qutilish maqsadida, o„z partiyasi va hukumati ichida «tozalov» tadbiri 


112 
o„tkazdi. Bundan maqsad mutlaq hokimiyatga erishish va o„z buyurqularini so„zsiz 
itoat bilan bajaradigan kadrlar to„plash bo„lgan. 1934 yil yozida gitler buyrug„i bilan, 
uning fikricha lavozimiga nobop sanalgan fuqarolik boshqarmalari boshliqlari va 
harbiy amaldorlar ustidan ommaviy ta‟qib uyishtirildi. Qo„lga olingan barcha 
«nobop» amaldorlar o„lim jazosiga hukm qilindi va otib o„ldirildi. Shu jumladan fon 
Shleyxer ustidan ham 1934 yil 30-iyun kuni otuv hukmi bajarildi.
Fon Shleyxerning qo„llab-quvvatlashidan mahrum bo„lgan Ervin Plank, 
siyosatdan ketishga qaror qiladi va iste‟fo beradi. 1936 yilda u biznesga qo„l uradi va 
o„z firmasini tashkil qilib ish boshlaydi. Lekin boshlanishi kutilayotgan urush xavfi 
tufayli u nemis davlat apparatidagi va armiya safidagi muholifati vakillari bilan 
aloqalar o„rnata boshladi. 1940 yilda Ervin Plank va boshqa muholifatchilar, 
gitlerning yaqin orada hokimiyatda qulashini taxmin qilib, undan keyingi hukumat 
uchun muvaqqat konstitutsiya sifatida xizmat qilishi ko„zda tutilgan hujjat loyihasini 
tayyorlanashdi. 1944 yil 20 iyulida polkovnik Shtauffenberg tomonidan gitler joniga 
qilingan va muvaffaqiyatsilikka uchragan siuqasdda Ervin Plankning ham qo„li 
borligi haqida asosli dalillar yo„q. Lekin kichik Plank, suiqasd rejasi mualliflarining 
aksariyati bilan shaxsan tanish va ularga xayrixoh bo„lgani ham rost.
1944 yilgi suiqasd butun Germaniya bo„ylab misli ko„rinmagan yangi 
ommaviy ta‟qib va jazolash to„lqinini keltirib chiqardi. Siuqasdning bevosita 
ishtirokchilari hammasi otib tahslandi. Lekin natsistlarning talvasasi buning o„zi bilan 
cheklanmadi. Mamlakat bo„ylab yana minglab odamlar, mazkur siuqasdda aloqador 
bo„lganlikda gumon qilinib otib tahslandi. Ular orasida hatto nima gunoh qilganini 
tushunmagan va siuqasdga mutlaqo, bilvosita ham aloqasi bo„lmagan minglab 
begunoh fuqarolar bor edi. Biror shaxsni suiqasdda ayblash uchun, o„sha paytda 
uning biror horij adabiyotidan mutolaa qilishi, yoki horijiy radioni tinglashi fakti 
kifoya qilar edi. Bu esa shubhasiz o„lim jazosi deganidir. Bunday sharoitda Ervin 
Plankning ham hibsga olinishi hayron qolarli narsa emas edi. Maks Plank o„g„lining 
hayotini saqlab qolish uchun o„z imkoniyati va ta‟siri doirasidagi barcha ishlarni qilib 
ko„rdi. Hukumatdagi va gitlerga ta‟sir ko„rsata oladigan kishilar ichidagi tanish 
bilishlarini ishga soldi. Uning sa‟y-harakatlari evaziga gitlerga juda yaqin bo„lgan 
mansabdor – gimmlerning shaxsan o„zi gitlerdan Ervin Plank uchun avf so„rab 
murojaat qildi. 1945 yilning 18-yanvar sanasida Maks Plank gitler hukumati 
devonxonasidan maktub oldi. Unda o„g„li Ervin avf etilgani haqida bitilgan edi. 
Albatta keksa Plank bundan juda mamnun bo„lib, sevinib ketgan. Biroq, uning 
quvonchi uzoqqa bormadi va maktubda bitilgan va‟da puch bo„lib chiqdi. Avval 
boshdan munofiqlik va qalloblikka asoslangan gitler hukumati gapida turmadi va 5 
kundan keyin Ervin Plank ustidan qatl jazosi ijro etildi. Uni o„tib tashlashdi. Kenjatoy 
farzandi va eng suyukli o„g„lining bunday adolatsiz o„limi Maks Plankni mislsiz 
chuqur qayg„uga cho„ktirdi.


113 
Ervin timsoli biz uchun Maks Plankning fikrlash tarzi haqida yaxshiroq 
tushuncha olish imkonini beradi. U o„g„lining siyosiy faoliyatidan albatta boxabar 
bo„lganiga hech qanday shubha yo„q: ota-bola juda yaqin maslakdosh bo„lishgan va 
hatto, odatda gitler hukumati muholifatchilari yig„iladigan klubga ham birga 
borishardi. Biz Ervin Plankning siyosiy faoliyati orqali Maks Plankning siyosiy 
maslaklari haqida ham tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Shunisi aniqki, Maks Plank 
hech qachon demokrat bo„lmagan va demokratiya tushunchasini yoqlamagan. Ervin 
esa, muddosi Germaniyada demokratiya qaror toptirishdan mutaloq yiroq bo„lgan 
hukumatlar - Papen va Shleyxer apparatlarida ishlab, ular bilan yaqin maslakdosh, 
safdosh bo„lgan. Shuningdek 1944 yil iyul suiqasdi ham Germaniyada demokratiya 
qaror toptirish maqasdini ko„zlamagandi. U faqat gitler ismli mal‟unning nemis xalqi 
boshiga solayotgan kulfatlaridan uzil-kesil qutilish, axmoqona millatchilik siyosatiga 
chek qo„yish hamda, Germaniya uchun I-jahon urushidan ham ko„ra kattaroq 
talofotlar yetkazgan, jahon tarixida misli ko„rinmagan qirg„inbarotga sabab bo„lgan 
II-jahon urushidan imkon qadar tezroq chiqib ketishni maqsad qilgan edi.
1920-yillardan boshlab, yorug„lik kvanti tushunchasi nazariy jihatdan yaxshigina 
o„rganib chiqildi. Yorug„lik kvantini 1926 yildan e‟tiboran foton deb atay boshlashdi. 
Tajriba natijalari shuni ko„rsatdiki, energiya darajasini orttirilganda, yorug„lik 
materiya bilan 
energiya hamda 
impulsga ega zarrachalardan tashkil 
topgandek ta‟sirlashar ekan. Ushbu deyarli pishib yetilgan konsepsiya, Plank 
nurlanish qonunining kvant asoslarini qayta ko„rib chiqish va shakllantirish imkonini 
berdi. 
1924 yil Albert Eynshteyn o„sha oyning 04.06.1924 sanasida yozilgan va yosh 
hind fizigi Shatyendranat Boze tomonidan imzolangan maktub oldi. Xatda Boze 
Eynshteyndan o„zi yozgan va xatga ilova qilib yo„llagan ilmiy maqolasini tekshirib 
ko„rishini, agar ma‟qul kelsa, uni nemischa «Fizika jurnali» («

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin