Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
psixologik xizmat

Sangvinik
- yuksak reaktivlik. Bo’lar - bo’lmas narsalarga qattiq xoxolab 
kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan 
hamma narsalarga tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va 
harakatlari yaqqol ko’rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining 
qandayligini, narsalarga yoki odamga bo’lgan munosabatlarini bilish oson. 
Diqqatini tez bir joyga to’playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi 
yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. 
Aktivligi yuksak, juda g’ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo’l ko’tarib turadi, 
toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. 


44 
Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z 
hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab 
qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi
diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada 
silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda 
o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi 
sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi. 
Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham. 
Ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega. O’tgan va kelajak hayot haqida 
tasavvurlariga qaraganda ko’proq tashqi taassurotlarga javob beradi. 
Xolerik
- xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda 
faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning 
uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka 
qaraganda ozroq silliq va ko’proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va 
qiziqishlarida katta barqarorlik, zo’r qat’iylik bor, diqqatini kuchirishda 
qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi. 
Flegmatik
- senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini 
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u 
vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham 
osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g’ayrati, 
ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik 
qiladi. CHidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. 
Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan 
to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi 
sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. Yangi odamlarga 
qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. 
Melanxolik
- yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi 
chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. 
Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O’ziga 
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, qo’lini yuvib 
qo’ltig’iga urib qo’ya qoladi. G’ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg’iydi, 
barqaror emas. Psixik tempi sust, rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik 
xususiyatiga ega. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin