45
PSIXOLOGIK TESTLARDAN NAMUNALAR
IQ
Aqliy kamolotni aniqlash. (Raven testi)
Ko’rsatma:
Test topshiriqlarini tekshiriluvchi
tomonidan bajarilishi uchun
30 minut vaqt beriiladi. Test topshiriqlarni bajarayotganda avval topshiriqni diqqat
bilan kuzating va so’ngra uni to’g’ri tushunganingizga ishonch hosil qiling. Biror
topshiriq ustida uzoq to’xtalib vaqtingizni behuda sarf etmang,
agarda biror
masalani yechishga ko’zingiz yetmasa, u holda navbatdagi topshiriqqa o’tganingiz
ma’qul. Testda yechimsiz “chigal” topshiriqlar yo’q, agar yaxshilab o’ylansa, bu
taqdirda ularning hamma masalalari yechiladi. Eng muhimi shuki,
har bir
topshiriqqa asos qilib olingan belgi yoki tartibni topa olsangiz,
demakki uni oson
yecha olasiz. SHuni nazarda tutish lozimki, topshiriqdan- topshiriqqa o’tgan sayin
masalalar murakkablashib boradi. Test-topshiriqlar yechilayotganida “tavakkal”
javobni yozish kerak emas. Agar siz biron-bir qarorga kelsangiz, javobingiz to’g’ri
yoki noto’g’ri ekanligini tekshirib ko’ring, agar mobodo bu javob sizni qoniqtirsa,
uni yozib qo’ying. Topshiriqlarning javobi faqat bitta bo’lishi mumkin. Test
topshiriqlarini hamma ham yarim soat ichida yecha olmaydi. SHuning uchun
barcha topshiriqlarni tartib bilan yechaman deb urinib o’tirmang.
Bir topshiriqni
yecha olmasangiz, uni qo’yingda, boshqasiga o’ting.
Navbatdagi yechilgan
topshiriq avval yechilmagan masalalarni yechishga yo’nalish beradigan bo’lsa,
undan foydalaning. Muhimi shuki, agarda topshiriqni yecha olmasangiz ruhingizni
tushirmang, uni unutingda navbatdagi topshiriqqa butun kuchlaringizni safarbar
qiling.
Tushunmagan joylaringiz bo’lsa, u holda testni bajarishga kirishishdan oldin
so’rab oling. Agar tushungan bo’lsangiz Sizga omad tilaymiz.
Marhamat ishga
kirishing!
1
1
2
3
4
5
6
1
2
3
4
5
6
1
2