Psixologik korreksiya (tuzatish) ni talab etadigan sifat, xususiyatlari; O’quvchi diqqatining ko’chuvchanligi va taqsimlanishi, xotirasining eslab
qolish tezligi va hajmi ustida ishlash. Shuningdek tasavvurini boyitish va hayolini
rivojlantirish kerak
3. Ijtimoiy - ma’naviy sifatlarining shakllanganligi; Muomala madaniyati tengdoshlari bilan muloqatga yengil kirishadi,
kattalar bilan muloqot qilishdan bosh tortadi, notanish odamlar ichida o’zini
yo’qotib qo’yadi. Sinfdagi qoidalarga rioya qilmaydi, o’z hatti - harakatini
boshqara olmaydi. Boshqalardan yordam so’rashni istamaydi va birovga yordam
ko’rsatishni hohlamaydi. Ahloqiy - ma’naviy meyorlarga rioya qilmaydi
Kattalarga, atrofdagilarga, tengdoshlariga munosabati birgina yaqin
o’rtog’i bor, saranjom - sarishtalik va tartib - intizomni xush ko’rmaydi.
Atrofdagilarga munosabati salbiy, tezda urushib ketadi. Tanbehlarga o’ta agressiv
munosabat bildiradi.Mashg’ulot va topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatni his
qilmaydi, yutuqqa intilmaydi. Jamoaviy hamkorlik va yangi ijtimoiy muhitga
moslashish ko’nikmalariga ega emas
Vatanparvarligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida
tushunchaga ega; O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bu asosiy qonun, 8
dekabr -Konstitutsiya kuniligini, Davlat ramzlari haqida tushunchaga ega.
Madhiyani yoddan biladi. Buyuk ajdodlarimiz, mashhur shaxslardan Alisher
Navoiy, A. Temur, Ulug’bek, Boburni biladi. Vatanparlik, botirlik va mardlik
tushunchalarini sharhlay olishga va misol keltirishga qiynaladi.
Milliy an’analar va qadriyatlar to’g’risida ilk tushunchaga ega. Badiiy
kitoblarni qiziqib o’qiydi, ijobiy va salbiy qahramonlarni ajrata oladi.