Maktab o`quvchilarini sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishning asosiy tomonlari



Yüklə 35,24 Kb.
səhifə3/4
tarix13.09.2023
ölçüsü35,24 Kb.
#143114
1   2   3   4
Sardorbekning maqolasi (3)

Jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazishga har bir sinfda 2 nafar qiz va 2 nafar bola shu daqiqalarni o‘tkazuvchi faollar tarzida tayyorlangan bo‘lib ular jismoniy tarbiya daqiqalari kompleksini tuzishda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini ko‘rsatmalarini hisobga oladilar. Bu mashqlarni bajartirish metodikasini maxsus seminarlarda o‘rganadilar. Har bir sinfda kamida 4 nafar o‘quvchi bu tadbirni o‘tkazish uchun MJTJsi bergan sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
«Jismoniy tayyorgarlik ko‘rigi», «Salomatlik kunlari» singari tadbirlarga o‘quvchilarni ommaviy tarzda jalb qilinadi. Bunday tadbirlar ommaviy tadbirlar tarzida ananaga aylanishi lozim.
Haftaning shanba, yakshanba kunlari turistik yurishlar, kichik sayohatlar (piyoda, velosipedda, avtomobilda, suvda va boshqalar) ni joriy qilish, uni taraqqiy ettirish, bunday tadbirlarga boshqa fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlarini, ota-onalarni jalb qilish yaxshi samara beradi.
Bunday tadbirlarni ssenariysi tarkibida ularni tantanali ochilishi, turli ko‘rinishdagi, namoyish qilish maqsadidagi ommaviy chiqishlar va turli nomerlar tayyorlashni ahamiyati katta. Biz mazkur mavzuni yoritishda asosiy misol qilib Katta tanaffusdagi o‘yinlar ni etiboringizga havola qildik
Katta tanaffusdagi o‘yinlar ochiq havoda kamida 6-8 joyda uyushtirilishini katta samara berishini biz Farg’ona viloyati Dang’ara tumani XTB ga qarashli 5-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘tkazilayotgan sog‘lomlashtirish tadbirlarida (har bir maktab yoshi uchun alohida) guvohi bo‘ldik. Maktabda 20 dan ortiq 6-7-8 sinf o‘quvchilaridan tayyorlangan jismoniy tarbiya faollari (yo‘riqchilar) katta tanaffuslarda o‘yinlar o‘tkazish uchun tayyorlangan. Ular navbat bilan maxsus jadval asosida qayd qilingan sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadilar.
Mazkur tadqiqotda biz maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari va shu yoshga teng bolalar maktab sog’lomlashtiruvchi tadbirlariga muntazam qatnashib kelayotgan o’quvchilarda pedagogik tajribaning yo'nalishi va mazmuni quyidagi usuliy holatni aniqlashga qaratildi: a)materiallarni rejalashtirishda o’quvchilarning dastlabki jismoniy tayyorgarligi hisobga olindi va ularga individual yondashish asosida tashkil qilindi;
b) o'tkazilgan pedagogik tadqiqot natijalariga ko'ra shu narsa ma'lum bo'ldiki,
tajriba guruhida qo'llanilgan milliy harakatli o'yinlar majmuasi shu guruhlarda shug’ullangan o’quvchilarning barcha sifat ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Quydagi ma'lumotlarga ko'ra shu yoshdagi qiz o’quvchilar 23,2 marta sakragan, bu ko'rsatkichlar 20 foizga yaxshilanganligini ko'rsatdi. 2 o’quvchi o'g’il o’quvchilar 22,5 marta sakrashga erishgan. Yil boshidagidan 5 marta ko'p sakragan, bu esa 22 foizni tashkil etdi. Shu yoshdagi qiz o’quvchilar esa 27,4 marta ko'p sakraganligi ko'rindi. Kuch-tezligi (turgan joydan uzunlikka sakrash) testida 1-2 o’quvchi o'g’illarda 3,2 sm.ni, qiz o'quvchilarda esa 3,6 sm.ni, farq esa 3 foizni tashkil etgan
Yuqoridagi malumotlardan ko’rinib turibdiki , 150 grammli tennis koptogini uloqtirishda qiz o’quvchilardan ko'ra o'g’il o’quvchilarning natijalari ancha farq qiladi, chunki o'g’ilbolalar qizbolalarga nisbatan kuch rivojlanishi jihatidan yuqori turadi. Bu ko'rsatkichlar o’quvchilarning diqqatni hamda jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi o'zbek xalq milliy harakatli o'yinlaridan Katta tanafuslarda muntazam foydalanish darajasi yetarli ekanligini ko'rsatdi.
Xulosa
Mazkur Ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini faqat o‘tkazishni asosiy maqsad qilib qo‘ymay, u orqali erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, baholash, g‘oliblarni taqdirlash tizimini shunday o‘ylash lozimki, o‘quvchilar bu tadbirdan nimani o‘rganishlarini oldindan bilishsin va ular keyinchalik nimaga intilshlari lozimliklari haqida tasavvurga ega bo‘lishsin va o‘zlarining zaruriy rejalarini, kim yaxshi sportchi, kim malakali hakam, kim zo‘r sharhlovchi, kim yaxshi fotomuxbir, kim yaxshi jurnalist bo‘lishi mumkin ekanligi haqida o‘z fikrlariga ega bo‘lishlari uchun imkon yaratilsin hamda jismoniy tayyorgarligini yaxshilash va asosiy sog’lomlashtirish funksiyasini bajaradi.

Yüklə 35,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin