va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat tarzlarini rejalashtirishda foydalanishi mumkin. Pedagog bolalar bilan ularning qiziqishlari bo'yicha intervyu va suhbatlar o'tkazib turadi. Bolalar kattalar bilan o'z fikrlari, g'oya va ishlari bo'yicha gaplashishni xohlaydilar, bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo'lishi o'zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha bolalar so'zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi bolalarning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko'proq bilishdan iborat. Agar bola qisqa muddatli guruhlarda qatnashayotgan bo'lsa pedagog tomonidan “Portfolio"hujjatini tutadi. Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib, yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to'plamidir. Portfoliodan rivojlanishning o'z-o'ziga baho berish vositasidan foydalanish, unga bolaning o'z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so'zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nutq namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari ota- onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og'zaki nutqlari yozib olingan audio-disklarni tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo'lgan portfolio ota- onalarga ko'rsatilishi lozim. 1-sinf o'quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi Shaxsiy ko'rsatkichlari.
kompetentlik - bolaning ma’lumotliligi va olingan bilim ko'nikmalarini hayotda, ayniqsa o'z qarorlarini qabul qilishda foydalana olish;