Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 19.09.2013-yil 302-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari” da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul qiymatlari, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko'rsatib berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma’lum bilimi va ma’lumotlar bilan qurollangan bo'lmog'i zarur. Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:
Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va uning rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;
zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo'llay olish;
bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.
Iqtisodiy tushunchalardan bo'lgan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor” haqida ma'lumot beradi. Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi. Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar? Sotuvchilar- bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, fermer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste’molchilar- dir.
259
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo boiadi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya'ni, bog'bon o'z yetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi. Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma'lumot beriladi.