Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
Iste'molchilar bozori - bunda iste'mol uchun zarur boigan barcha tovarlar sotiladi;
xizmat ko'rsatish bozori bunda asosan zarur boigan xizmatlar ko'rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bogiiqdir.
uy-joy bozori - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan bo'lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlardan tashkil topadi;
innovatsion bozor - ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini, turli ixtirolarni o'zida jalb etadi;
Shuningdek, mahalliy, milliy, asosiy, qo'shimcha chakana, ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud. Xaridor bozordan o'ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib oladi. Xo'sh, pulning o'zi nima? Pul - bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Pul - bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning yordamida barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi. Ma’lumki, hamma kishilar puldan foydalanadilar.
Pulga xonadonlar'bozordan davlatga iste'mol tovarlarini sotib oladilar.
Pul - soliqlar, badal, qarz, stipendiya, pensiya kabi majburiyatlarni to'lash uchun kerak.
260
Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
- hisob-kitob va iqtisodiy o'lchov funksiyasi
- muomala vositasi
- jamg'arish vositasi
1994-yil 2-iyundan boshlab "O'zbekistonda milliy pul so'm joriy etildi.