Individuallashuv - o'ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo'lsa, har bir bola shu
412
darajada mo'ljaldagi ta’lim natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog'liq muammolar kamayadi, o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar oshadi. Individuallashtirishning ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o'ziga nisbatan hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo'ladi. Pedagog o'zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o'rganadi. Pedagogik strategiya- bu bolalarni qo'yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo'llaydigan muayyan uslublar yig'indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e'tiborga olish tashkil etadi. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti- bu faollikning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, jihozlarning yetarliligi, ko'p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo'lgan bolalarning o'z maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan) va funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.