Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud: Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo'lgan bilimlarni e’tiborga olish;
Har bir bolaning shaxsiga oid ma’lumotlarni e'tiborga olish;
Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlarni e'tiborga olish.
Bolaning uydagi va o'zini jamoadagi hayotini takomillashti- rishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyatlarini o'rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam beradigan ta’lim muhiti va mashg'ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Rivojlantiruvchi yondashuv- bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
O'yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni o'zlashtirib, faol ta'lim oladi;
Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o'tadi;
Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o'zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
Har biri o'ziga xos sur'atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.