Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taiimiga tayyorlashning shakl va usullari Maktabgacha taiim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga taiim berishning
408
shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta'lim sohasidagi asosiy natija bola tomonidan bilimlarni qay darajada o'zlashtirib olinganligi uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagog tomonidan tanlab olingan ta'lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va mas’uliyatga, o'z faoli- yatini boshqara olishga o'rgatishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi:
Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv;
Bolaga yo'naltirilgan ta’limiy yondashuv;
Pedagogning ilmiy-pedagogik- psixologik strategiyasi;
Rivojlantiruvchi yondashuv;
Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti;
O'yin faoliyati;
Inklyuziv ta’lim;
Pedagogik diagnostika ta'limi;
Ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv ta'lim jarayonini tashkil etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorlikni nazarda tutgan holda unda insonparvarlik munosabatlarining shakllantirilishini taqozo etadi. Bunda bola o'zini shaxs sifatida his etadi, boshqa kishilarda shaxsga xos xislatlarni ko'rishni (kattalarda va atrofdagilarda) o'rganadi. Har bir bola imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish esa pedagogning qadriyatlar yo'nalishlari xatti-harakatida namoyon bo'ladigan moddiy va ma'naviy qadriyatlarga munosabati, mo'ljallar tizimi, xohish-istaklari bilan belgilanadi.
Bolaga yo'naltirilgan ta'limiy yondashuv bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan
409
maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgunga qadar to'plangan tajribasi e'tiborga olingan ta'lim shaklidir. Bunda:
Ta'lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va ta'lim olishiga doir bilimlarga asoslanishi lozim;
-Ta'lim muvaffaqqiyatli pedagog tomonidan bolani rivojlantirish va o'qitish uchun va yo'l-yo'riqlariga oid bilimlarni qay darajada egallaganiga bog'liq;
Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko'maklashishidir;
-Maktabgacha ta'limning o'ziga xos xususiyati - bolaning qadrini tushunish va vaqtidan oldin ulg'ayishiga undamaslik. Pedagogdan quyidagilar talab etiladi:
Bolalar qanday bo'lsa shunday qabul qilish;
Bolaning o'z maqsadiga erishishiga yordam berish;
Bolalarning qanday qobiliyatga ega ekani va o'z guruhida qanday ta'lim olayotganini bilish tarbiyachi ta'lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang'ich asos bo'lib xizmat qiladi;
Agar pedagogbarchabolalargabirxil tarzdayondashadigan bo'lsa, ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi;
-Pedagog bolalar faoliyatining barcha yo'nalishlari turli mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini muntazam kuzatib borish, ularning qobiliyati, qiziqishlari talab-istaklari haqida bilishga intilishi kerak;
Pedagog ana shu ma'lumotlarga tayangan holda bola rivojlanishida ijobiy o'zgarishlarga erishishi uchun shu faoliyatini rejalashtiradi va qo'llayotgan usullarini ta’lim jarayoniga moslashtiradi;
Materiallar va mashg'ulotlar bolalar biladigan va qilishni o'rgangan narsalargagina emas, balki yangi ko'nikma va tushunchalar hosil qilish uchun ulardan muayyan harakat, intilish talab qiladigan mashg'ulotlarga asoslangan ta'limgina kutilgan muvaffaqiyatni keltiradi;
410
Ta'lim maqsadlari bolalarni ushbu yoshdan guruhi uchun tushunarli va amalga oshirishi mumkin bo'lishi kerak. Yangi ko'nikmalarni amaliyotda takomillashtirish uchun bolalarga keng imkoniyatlar vujudga keltirilishi zarur.