Mudira tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari. "Ilk qadam" Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining quyidagi vazifalari belgilandi: mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash;
mehnat malakalarini shakllantirish
v] bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengay tira borib, ularni takomillashtirish; g) shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g'amxo'rlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat’iylikni zarurat tug'ilganda mehnatga qo'shila bilshni tarbiyalash; topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o'rtasida bog'liqlikni aniqlashni o'rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mehnat natijalariga tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash;
558
topshiriqlarga mas’uliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko'nikmasi ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asoslarini shakllantirish;
j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o'zining ishini va umumishni rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to'g'ri foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, qiyin malakalarni tayyorlash. z) o'z harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko'ra bilish, yordamni o'z tashabbusi bilan ko'rsatishni o'rgatish. Bolalarning mehnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar yordamida amalga oshiriladi.