XXII BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI VA MAKTABGACHA TA'LIM BO'LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIMGA
RAHBARLIK MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIGA RAHBARLIK O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi16. Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF- 5198-son Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
16 O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim vazirligi to‘g‘risida"gi Nizom. - Т., 2017 21-noyabr.
592
davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy bo'linmalar deb ataladi),Vazirliktarkibigakiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi.