Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim muassasasining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.
Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat: bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqlanadi. Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo'lishi kerak. Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti- harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi. Metodistning kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o'qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir. Pedagogika kabineti maktabgacha ta'lim muassasasi an’analari jamg'ariladigan joydir. Metodistning vazifasi jamg'arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo'llashga o'rgatishdir. Pedagogika kabinetida to'g'ri yo’lga qo'yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalariga metodik yordam ko'rsatish, ularning g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlariningo'sishi uchun sharoityaratishdir. Maktabgacha ta’lim muassasalardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg'or pedagogik tajriba to'planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang'ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o'z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko'rsatishdir. Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo'yishi, uni tizimilashtirish va puxta o'ylab chikishi kerak. Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta’limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo'yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik
588
adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o’rin oladi. Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta'lim muassasalar metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o'rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi. Metodist kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha ta'lim muassasalarining mudiri faol ishtirok etadi. Pedagogika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan biri maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlariga mustaqil o'qishlarini yaxshilashda yordam ko'rsatishdir. Metodika kabinetni ishida katta o'rinni yosh tarbiyachilar bilan ishlash egallashi kerak. Tayanch tushunchalar: