Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: «Sog'lom avlod yili» deb qaysi yil e'lon qilindi? 1998-y,
1999-y.
v) 2000-y. g) 2001-y. «Sog'lom avlod dasturi» qachon qabul qilingan? 1998-yil, 15-fevral
2000-yil, 15-fevral
151
v) 2001-yil, 1-iyun g] 2000-yiI, 1-iyun
Jismoniy tarbiya vositalari qaysilar? bog'cha maydonchasi, bolalarning ovqatlanishi
uyqu, bolalar kiyimi v] sayr, chiniqtirish
g) hamma javoblar to'g'ri Jismoniy madaniyat tushunchasi nima? Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
Kun tartibiga rioya qilish
v) Mehnat va turmushdagi batartiblik, ozodalik, chiniqtirish, jismoniy mashqlar g) Ovqatlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya berish- da qanday I darajali vazifalar mavjud? normal jismoniy rivojlanish
harakat malakalari
v) sog'lomlashtiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy g) jismoniy mashqlar
152
BOB. AQLIY TARBIYA Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir. Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qaratilgan boiishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kim- ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko'tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy,
153
J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar. Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma’nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan. Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be- rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
154
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk boimagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e’tibor berish, taiim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga boiar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan boiadi. Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni ikki xil kategoriyaga boiadi: Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etish- dir.
Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan.
O'z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli boiishga chaqiradi. U aql va ilmni
155
ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagona- sidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi. Muallif o'z fikrini anlqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qayta- rurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg'on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'lab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir». Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rah- barligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshi- ni e’tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuz- di. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e’tibor bergan.
Children develop ideas and concepts at very young ages that help them make sense of their worlds. Learning is not the transfer of new information into an empty receptacle; it is the building of new understandings by the child on the foundation of existing understandings. Learning will be most effective when the child's preconceptions are engaged. Curricula can be evaluated on the extent to which they draw out and build on children’s existing ideas. Bolalar g'oyalari va konsepsiyalarini o'z olami, o'z tasavvuri ichida tushunib juda erta yoshda rivojlantirib olishadi. O'quv jarayoni quruq yangilik yaratish emas, aksincha bor fundamentni rivojlantirish talqinidir. Agar kattalar yordamida o'quv mashqlari o'tkazilsa, o'qitish ancha samarali bo'ladi va
156
biografik jihatlarini bola nimaga qiziqishi bor ekanligini aniqlash uchun ular o'z tasavurida chizgan rasmlar yoki qurgan narsaiar yordamida bilib olish mumkin. www.PreschooI. Com (Eaely childhool) 2014
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning maium maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada boiishini ta'minlash tarbi- yachilarning javobgarligini yanada oshiradi. Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib tajribaning boyib bori- shi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayon- lari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usul- larini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha taiim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi. Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti- rish qobiliyatida namoyon bo'ladi.