Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar maj- mui o'rganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yax- litligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasin- ing tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagi- lar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
Sog'lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog'lig'ini mustah- kamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg'un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chi- damliligini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta’minlash.
138
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga xos bo'lgan o'ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o'zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalash)ni o'stirish, to'g'ri qaddi - qomat, gigiye- na ko'nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o'zlashtirish. Boladagi harakat ko'nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bog'liq bo'lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o'tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o'yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishini (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o'ngga, chapga), to'la ayla- nish, fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatili- shi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga mu- habbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam), jamoada shug'ullanish malakasi, fizkultura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan ba-
jarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botir- lik, qat’iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazi- falarini hal etishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olina- di. Jadal o'sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola orga- nizmining o'ziga xos xususiyatidir. Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo'ladi. Shu munosabat bilan quyidagi sog'lomlashtirish vazifalari birinchi o'ringa qo'yiladi: 1} hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish; 2) organizmning barcha sistemalarini to'g'ri va o'z vaqtida rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengayti- rish, to'g'ri qaddi - qomatni uyg'un jismoniy rivojlantirish. Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga qudratli rivojlanishni ta'minlovchi xususiyatlar ham xosdir. Bu barcha to'qimalarning juda egiluvchanligi, tez- korligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bola sharoitlarning o'zgarishiga, jismoniy zo'riqishga kattalar- ga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o'ziga tushunarli bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga idroki baland bo'ladi, bu esa bir qancha ta'limiy vazifalarni hal etish imkoni- ni beradi:
/• jismoniy masbqkr bilan
shug’ullanish va madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalami
o‘zlashtirish bilan bog’liq
dastlabki bilimlarni
у shakllantirish j
kelgusida sport bilan
shug'ullaiiish uchun asos bo4lib xizmat qiladigan hayotiy zarur harakatlar, malaka va ko4iikmalarini
, shakllantirish .
4У
shaxsiy va ijtimoiy gigiyena ko‘nikmalarini singdirish