Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
Aqliy malaka va ko'nimalami rivojlantirish. Aqliy ko'nikma va malakalami rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlami tekshirishni ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarini ajratib ko'rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma- malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishga yordam beradi.
Bilishga qiziqish va aqliy qobi- liyatlami aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi.
Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egal-
161
lash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordam- chi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- yalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o'ziga xosligi Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla- rining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning ta’lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar siste- masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan- tirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- vojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov- lik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini mu- vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bolalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar. Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idrokla-
163
ri orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi. Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi Dilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlar- ni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi. Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar- ?a narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib Do'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, D'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi. Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta'sirchan ba- ^on qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib Derish. Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 /oshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.