Abu Nasr Farobiy (870-950) tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib, "Kitob qolhaji va al- Miqdor”, "Kitob al-mabodi al-insonia”, "Kalam fia'zo al hayvon” nomli asarlari bunga dalil bo'la oladi. Farobiy o'zining "Ixsoa al-ulum va al-ta’rif” asarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o'rganib, ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog'iga ta'rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi. Tabiatshunoslikka oid "Kitob al-mabodi al-insonia", "Kalam fia'zo al hayvon" kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o'xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik-fiziolgik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to'xtalib o'tilgan. Kasalliklarning oldini olish, sog'lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo'llash lozim ekanligi haqida ma'lumotlar keltiriladi. Abu Rayhon Beruniy(973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarining o'zaro ta'siri bilan tushuntirishga urinadi. U tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: "Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi”. Beruniy "Saydana" asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750tasi turli o'simliklardan, lOltasi hayvonlardan, 107tasi esa minerallardan olinadi. Har bir