Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
288
Rivojlanish huquqi- bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya’ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan boiishlari shart.Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati; balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.
Ishtirok etish huquqi:Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anju- manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta’minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yilda'insonhuquqlarihaqidagiumummilliydeklaratsiya" ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi.