Maktabgacha pedag


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə61/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   260
F

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar

Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ij­timoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yosh­dan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi.

Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan chambarchas bog'liqdir.

Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning es­tetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan hu- zur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-his- siy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bola­da hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapir- ishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'Iishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kat­talarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik aloma- ti yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hoka- zolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy muno­sabatni shakllantiradi.

Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta ta- komillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo'ladi va hokazo.

O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlan-


206





ishida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib qoladi. Ammo shunga qa- ramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziq- ishiga bog'liq boiadi.


Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baho- lay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tas- vir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.

Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda boiadi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teat- ri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida an­iq namoyon boiadi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga be- malol qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish boigan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil tur- larini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.

Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoli- yatlarda qo’yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlik- ka intilish namoyon boia boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifo- dali boiishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.

Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badi­iy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlari­ni sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xat- ti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bola- da musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ular­da ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo boiadi.

Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular


207



o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qo­ladilar.

Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlar- iga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.

Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.



Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni va metodlari

Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsad­laridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qar­ab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga in- tilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog'langandir.

Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yosh­dagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya be­rishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.

Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni es­tetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohaza- larni tarbiyalashni o'z ichiga oladi.

Bular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

-o'yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va ta­biat voqealari bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi bor- liqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;

  • san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.


208





Estetik tarbiyaning vazifalari


v


Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik, mehnatda, ijtimoiy hayotda, kishilar xatti- harakatida bolalarga tushunarli bo'lgan go'- zalliklarni ko'ra bi­lishga o'rgatish. Ularda estetik his, estetik did. estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go'zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.


Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o'xshashlarga o'rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.


Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bo­lani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir.

Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobili- yatlarni rivojlantirish estetik idrok va hislarni rivojlanti­rish bilan bog'liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiat- ning go'zalligini his eta olsa, u, albatta, shu go'zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushuncha-


209



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin