Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining


Tana a’zolarimiz haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 377,5 Kb.
səhifə3/9
tarix23.04.2022
ölçüsü377,5 Kb.
#56114
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maxsudova Feruzaxon

Tana a’zolarimiz haqida umumiy ma’lumot.

Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo "oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan", yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrin-bosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga akl-idrokbergan. Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch.Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.

Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Jan. va Sharqiy Afrika hamda Jan. Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qadimgi odam pitekan-troplar (maymun Odamlar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti qoldiqlari Yava oroli, Afrika va Jan. Yevropadan topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroqyashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miya-si pitekantroplarga nisbatan yirikroq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxminan 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi Odamlar ora-sida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilish-gan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam gavdasi ham barcha xordalilar singari2 tomonlama simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana — koʻkrak, qorin va orqaga, qoʻl — yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq — son, tizza, boldir va panjaga boʻli-nadi. Odam gavdasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Mac, erkaklar gavdasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar gavdasi, aksincha, nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Gavda tuzilishining dolxomorf (daroz), braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin), giperstenik (semiz, pa-kana), normostenik (normal) tiplari mavjud.

Odam gavdasi teri bilan qoplangan. Teri organizmni himoya qiladi, ayirish va termoregulyasiya funksiyasida ham ishtirok etadi. Skelet tayanch funksiya-sini bajaradi, organizmga shakl berib turadi. Suyaklar, ularni tutashtirib turuvchi paylar hamda muskullar bilan birga tayanchharakat sistemasini hosil qiladi. Odam skeleti kalla (miya qutisi, yuz), tana (umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar, toʻsh), qoʻl (yelka, bilak, tirsak, panja), oyoq (son, katta va kichik boldir, oyoq panjasi), yelka kamari (oʻmrov, kurak) va oyoq kamari (chanoq) suyaklaridan iborat. Tayanchharakat sistemasi tayanch, gavdani tik tutish, harakatlanish hamda himoya (miya qutisi, umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasini hosil qiluvchi, cha-noq suyaklari) funksiyasini bajaradi. Kalla suyagi miya qutisi va yuz boʻlimiga boʻlinadi. Miya qutisi pe-shona, ikkitadan tepa va chakka, ensa, ponasimon va gʻalvirsimon yuz suyaklari bir juftdan yuqori jagʻ va yonoq, burun, kuz kosasi suyaklaridan iborat.
Men va mening tanam” mavzusi bo’yicha faoliyat ishlanma


Yüklə 377,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin