Oy mavzusi: Bolalar bog’chasi
Xafta mavzusi: Men va mening tanam
TA’LIMIY FAOLIYAT TURI:
ta’limiy: inson salomatligi eng oliy qadriyatdir. Bolalarga organizmini tanishtirish orqali ularga o’z salomatligiga e’tiborli bo’lish, tana a’zolarining qanday vazifa bajarilishini tushuntirish.
tarbiyaviy: tarbiyalanuvchilarga tana a’zolarini ehtiyot va ularni taza saqlash, gigeyena qoidalari haqida ma’lumot berish.
Kerakli jihozlar: yuz rasmi ifodalangan surat. Tan azolarining suratlari.
Faoliyatning borishi
Bolalar musiqa sadolari ostida xonaga kirib keladi va yarim aylana bo’lib turadilar.
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum quvnoq bolalar, Salom ona quyosh! Xayrli kun
qushlar! Xo’sh bolalar, ya’na kimlar bilan salomlashamiz?
Bolalar: - Ona tabiat bilan! (Assalomu alaykumdeb bir ovozdan aytishadi.)
Tarbiyachi: - Bolalar bugun biz tana a’zolari haqida gaplashamiz. Bilasizlarmi har bir a’zo bir-biri bilan bog’liq. Endi yonimga bir qiz va bir bola keling. Qani, bir-biringizga qaranglar va farqingizni ayting.
1-bola: - Men o’g’il bolaman, sochlarim kalta, qora rangda, qoshlarim qalin, bo’yim baland.
2-bola: - Men qiz bolaman, sochlarim uzun, ko’zlarim katta-katta.
Tarbiyachi: - Endi stolda o’tirgan bolalar ham turib bir-biridagi farqni aytib bersin.
( Bolalar o’zlaridagi farqni bir-birlariga aytishadi).
Tarbiyachi: - Tabiatan bo’yimiz har xil, soch ko’zlarimiz rangi turlicha bo’lgani bilan hammamizning tana a’zolarimiz bir xil, shundaymi?
Dostları ilə paylaş: |