3-bola: - Opajon, og’zimizdagi tilga 32 tish qorovul, to’g’ri topdimmi?
Tarbiyachi:- Ziyrak ekansan, savolga bir zumda javob topding. Bilasizlarmi, tish bizga ovqatlarni chaynashimiz uchun kerak bo’ladi. Faqat ularni har kuni chayqab, tishlarimiz ozodaligiga e’tiborli bo’lishimiz kerak.
Bola: - Bog’cha opa, men tishlarimni har kuni ikki marta tozalayman.
Tarbiyachi: - Sen juda to’g’ri qilarkansan, hammangiz ham undan o’rnak olinglar. Bolajonlar, bugun qaysi a’zo haqida gaplashmadik?