Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining


Bola: - Burun qolib ketdi. Tarbiyachi



Yüklə 377,5 Kb.
səhifə8/9
tarix23.04.2022
ölçüsü377,5 Kb.
#56114
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maxsudova Feruzaxon

Bola: - Burun qolib ketdi.

Tarbiyachi: - Juda to’gri. Burun bizga nafas olishimiz uchun xizmat qiladi. Burun orqali nafas olganimizda organizmimizga havo tozalanib kiradi. Bu esa sog’ligimiz uchun koni foyda.Yana oyijonimiz pishirgan shirin taomlar, issiqqina non, turli gullar hidini ham burun yordamida sezamiz. Biz yana bir muhim a’zo quloq haqida ham gaplashamiz.

Tarbiyachi: - Nima deb o’ylaysiz, quloq bizga nima kerak?

Bola: - Bir-birimizni eshitish uchun.

Tarbiyachi: - Juda to’g’ri. Quloqni ham vaqtida tozalash kerak. Faoliyatimizni tana a’zolari haqidagi ertak bilan yakunlaymiz. Bir kuni tana a’zolari bir-biri bilan urushib qolibdi. Oyoqlar o’zaro nimaga biz butun jismni ko’tarishimiz kerak, qani endi bizsiz o’zlarini o’zlari ko’tarib yurishsin debdi. Qo’llar ham nimaga biz butun tanaga xizmat qilar ekanmiz deb o’zlaricha isyon qilishibdi. Tilham nega men ular uchun taomning mazalimi yoki yo’qligini aniqlab berishim kerak debdi. Ko’z esa nimaga men ularni xavfdan ogoh qilishim kerak ekan deb bosh ko’taribdi. Afsuski, bu ishdan tana xursand bo’lmabdi. Harakatsizlikdan organizm kasallana boshlabdi. Ana shunda qo’l, oyoq va ko’zlar xato qilishganini aniqlashibdi. Ko’rdindizmi bolalar, ahillikda gap ko’p. Agar bir-birimiz bilan inoq, do’st bo’lsak barcha ishlarimiz a’lo bo’ladi.


Yüklə 377,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin