Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi “maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan o‘quv – uslubiy majmua



Yüklə 442 Kb.
səhifə16/18
tarix03.04.2023
ölçüsü442 Kb.
#92791
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
majmua sirtqi 4-kurs

Birinchisi - "liderlik sifatlari nazariyasf'dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo'la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig'indisi tug'ma mavjud bo'lib, bu sifatlar majmuyi uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, 1940-yilda amerikalik
K.Berd 79 sifatdan iborat bo'lgan liderlik qirralari ro'yxatini tuzdi. Bu ro'yxatda, jumladan, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o'ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo'ladi-yu, qanday shakllanishi tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so'roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko'p marta qayd etilmadi. Tadqiqot nihoyasida o'sha boshida taklif etilgan sifatlarning atigi 5% igina aksariyat respondentlar javobida qayd etildi. Bu liderlik modelini yaratish oson emasligi to'g'risida xulosaga kelishni taqozo etdi.
Ikkinchi nazariya - liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g'oya - lider vaziyatning mahsuli degan g'oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ba'zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o'zlarini ko'rsatishlari, lider bo'lishlari uchun qulay muhit bo'lib xizmat qiladi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchinchi nazariya - liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro'yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Oxirgi yillarda ko'plab olimlar, jumladan, rossiyalik ijtimoiy psixologlar A.N.Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan me'yorlar hamda ijtimoiy kutilmalarga kim ko'proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutilmalar nazariyasi hozirda ko'pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning o'ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini boshqarish siyosatiga o'tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham munosabat o'zgardi. Jumladan, mustaqil O'zbekistonda ham erkin fuqarolik jamiyati qurish tamoyillarining yangidan belgilanganligi, Prezidentimiz tomonidan barcha jabhalarda, xususan, ijtimoiy sohalarda insonparvarlik siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan ijtimoiy fikrda ham muayyan o'zgarishlar ro'y berdi. Bugun O'zbekiston sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo'lgan, o'z oilasi, mahallasi, shaxsan o'zi va jamiyat manfaatini o'ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy himoyada bo'lib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish, unga yetarli darajada ish sharoitlarini yaratishga mas’ul bo'lgan rahbar, eng avvalo, unga g'amxo'r bir inson sifatida qarashi, mehnatdan manfaatdorlik psixologiyasini uning ongiga singdira bilishi lozim. Xalqqa yaqin bo'lib, uning dardi bilan yashash, har bir ishning istiqbolini yaqqol tasavvur qila olish - zamonaviy rahbar-liderga xos fazilatlardir.
Zamonaviy psixologiya fani tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, boshqaruvda, ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo'lishi ko'proq ahamiyat kasb etadi.
METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolaiar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolaiar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta'lim vazirligi, maktab­gacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik ish rejasini; bolaiar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarb- ligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota- onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta'limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'Iim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarningegallashilozimbo'lganbilim,malakava ko'nikmalarini rivojlantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ning bajarilishini ta'minlash;

  • ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;

  • pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;

  • ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish,yoshpedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;

  • "Ustoz-shogird” an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;

  • ta'lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.

Nazorat uchun savollar:

  1. Mudira va unga qo'yiladigan talablar?

  2. Mudira faoliyatini izohlang?

  3. Mudiraning ta’lim, tarbiyaviy, tashkiliy faoliyatini yoriting?

  4. Metodik ish faoliyatiga nimalar kiradi?

  5. Kadrlar va ota-onalar bilan ish metodi nimalardan iborat?

  6. Mudiraninig huquqi qaysi hujjatlarda belgilangan?

  7. Maktabgacha ta’lim muassasasi metodistiga ta'rif bering.

  8. Maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining ta'lim- tarbiyaviy ishlarga rahbarligini misoliar bilan tushuntiring.

  9. llg'or ish tajribalarni aniqlash usullari nimalardan iborat?

  10. Pedagogik kengash nima va uni o'tkazishdagi maktab­gacha ta'lim muassasasi metodistining roli?

  11. Pedagogik xodimlar bilan ishlash uslublarini yoriting?

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. Maktabgacha ta'lim xodimlarining kasbiy mahoratlarini takomillashtirish yo'llari bu -

  1. Pedagogik kengash, seminar, seminar mashg'ulot, ochiq mashg'ulotlar, metodik birlashmalar

  2. Turli pedagogik tadbirlar, ochiq mashg'ulotlar, ota-onalar majlislari

v) Ochiq eshiklar kuni, umumiy ota-onalar majlislari, seminarlar
g] Pedagogik kengash, seminar mashg'ulotlari, turli metodik tadbirlar

  1. Mudira tomonidan kadrlar bilan ish usullari, bu...

  1. Yakkama-yakka suhbatlashish, yosh mutaxassislar bilan ishlash, ochiq mashg'ulotlar

  1. Kadrlarni mutaxassislik ish tajribalarini o'rganish, tahlil qilish

v) Ota-onalar bilan olib boradigan ishlarini puxta o'rganish, tahlil qilish
g) Guruhlarga kirish, kuzatish, rag'batlantirish, nazorat qilish

  1. Boshqaruvda pedagogik texnologiyalarning shakllarni aniqlang.

  1. Pedagogik, innovatsion, axborot texnologiyalari

  2. Innovatsion, M.Montessori, axborot texnologiyalari

v) Axborot, triz, innovatsion
g) Triz, interfaol, axborot texnologiyalari

  1. Mudiraning kasbiy sifatlari qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?

  1. Aniqlilik, hamkorlik, demokratik

  1. Yakkaboshchilik, tabiiy-genetik, sofdil

v) Ma'naviy-irodali, tashkilotchilik, pedagogik sifatlar
g] Kadrlarni ilgari surish

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan olib boriladigan ish mazmuni qaysi bandda yoritilgan?

  1. Mudiraning moliyaviy-xo'jalik, metodik va ta’lim- tarbiyaviy ishlarga;

  2. Ota-onalar maktabi, jamoatchilik, mahalla bilan ish faoliyat;

v) Yosh mutaxassislar, xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan, mahalla tashkilot bilan;
g) Ta'lim-tarbiyaviy, mehnat bilan, moliyaviy-xo'jalik faoliyat


Yüklə 442 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin