Maktabgacha ta’lim metodikasi


O’qituvchini tabiatshunoslik darslariga tayyorgarlik ko'rish. Rejalashtirish. Taqvim reja



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə68/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

O’qituvchini tabiatshunoslik darslariga tayyorgarlik ko'rish. Rejalashtirish. Taqvim reja
Reja:
1.O’quvchilarning tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirishda jo’g’rofiya maydonchasining roli
2. Jo’g’rofiya maydonchasidagi asbob-uskunalarning jihozlanishi
3. Flyugyer asbobi haqida tushuncha
4. Meteorologik budkaning vazifasi


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi

Vaqti

2-soat (80-daqiqa)

Mashg’ulot shakli

Amaliy

Mashg’ulot vositasi

Chaqiriq, munozara, muammoli izlanish

Ta’lim vositasi

Proyektr, darslik, ma’ruza matni

Dars bosqichlari

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich Kirish (5-daqiqa)

1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi

.Eshitadi, yozadi, javob beradi

2-bosqich Asosiy bosqich(70-daqiqa)

1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga byerilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi

Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.

3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)

1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash

Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi



Tayanch iboralar: Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllarki, o’quv, idrok qilish faoliyati.

Kichik yoshli maktab o’quvchilarining jo’g’rofiya bilimlarini shakllantirish hamda nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash maqsadida jo’g’rofiya maydonchasi tashkil etiladi. U maktab oldi uchastkasida urnashtiladi. Maydonchada ob-havo va quyoshning holati ko’zatiladi, joyda muljal olish masofani o’lchash ishlari o’tkaziladi.


Maydoncha ochiq maydonda 10x10m joyda tashkil qilinadi. Buning uchun yer tekislanadi, qum sepiladi, atrofi uraladi. O’quv mashg’ulotlarini talab darajasida o’tkazish uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi.
1. O’lchovli – devor. Buning uchun uramning har bir metri yer alab turli xil buyoqlar bilan bo’ladi, uning balandligi 1 metr. O’lchovli – devor bo’ylab yo’lcha qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun masalan, “Plan va xarita” mavzusini o’tishda foydalaniladi.
2. Balandlikni o’lchovchi ustun, balandligi 10m. Har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U balandlikni taqqoslash, o’lchash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Uchida flyugyer o’rnatiladi.
3. Flyugyer – shamol yunalishini aniqlovchi asbob. Uni tunukadan o’quvchilarning o’zlari ham yasashlari mumkin.
4. Bo’y o’lchagich – yog’och asbob. Undan foydalanib o’quvchilar o’z bo’ylarini o’lchab, o’zaro taqqoslaydilar.
5. Kub metr, kvadrat metr – o’zunligi 1m keladigan reykalar o’zaro birlashtiriladi. Uni maydonchaga quyiladi. Ko’rgazmali vosita hisoblanadi.
6. Gnomon – tayoq. U quyoshninig ufq ustidan balandligini aniqlaydi, ufq tomonlarini ham belgilaydi. Buning yarmida soya shimolga yunaladi, u qisqa bo’ladi, chunki quyosh tikda /”zenit”da/ bo’ladi, yerta bilan soya g’arbga, kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. Shimolga yunalishni bilish uchun /doimo/ kunning yarmida gnomon soyasi yog’li buyoq yoki g’isht bilan belgilab quyiladi.
7. Quyosh soat – gorizontal quyilgan yog’och doira bo’lib, o’rtasida o’qi bor. Doiraning chetiga gnomon bo’yicha /kun yarmida o’qning shimolga yo’nalgan soyasi buyicha/ 12 raqami qo’yiladi. Qolgan raqamlar ham bir-biridan teng masofada qo’yiladi. Uni quyosh soatini maydonchaning janubiga ochiq joyga o’rnatiladi. Quyosh soatidan barcha sinf o’quvchilari foydalanishlari mumkin.
8. Yomg’ir o’lchagich – oddiy paqir /satil/dir. Yog’in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga chizg’ich tushiriladi. Menzurkadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka raqamini 10ga ko’paytiriladi va paqir tagining satqiga bo’linadi.
9. Qor o’lchovchi reyka – chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor qalinligi o’lchanadi.
10. Meteorologik budka – (xonacha), Termometr havo bosimini o’lchovchi barometr, namligini o’lchovchi gigrometr asboblarini saqlash uchun xizmat qiladi. Budkani jug’rofiya maydonchasining soya tushmaydigan joyida 2m balandlikda o’rnashtiriladi.
11. Qum solingan yashik – ishchi stollari yonida o’rnatiladi va o’quvchilarning turli xil relef shakllarini hosil qilishida foydalaniladi.
12. Mo’ljal olish burchagi - /orientirlash/ o’zlashtirilgan bilim ko’nikmalarini mustahkamlash uchun muhimdir. Unda kesilgan kunda janubga qarab o’rnatiladi. Yonbag’irliklari /tik, qiya/ yoki chuqqisi hamda tagi bilan tepalik modeli /chim bilan qoplangan toshlardan/ bo’lishi kerak.
13. Tog’ jinslar – suvning ishini o’rganish uchun jihozlar, sun‘iy havzasi, daryo modeli, tog’ jinslari va joyning tuprog’ini o’z ichiga oladi. Oqim suvning ishini o’rganish uchun maydonchaga vodoprovod o’tkaziladi. Suv oqimi yo’liga qirg’oqlarning yuvilishi va sharshara holatda bo’lishini aniqlash uchun to’siq qo’yiladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin