Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
Topshiriqlar. 1. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlarini o’qitishning uammoli masalalari haqida ma'lumot tayyorlang.
2. 4-sinfda tabiatshunoslik kursining ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini izohlab byering.
3. 3-4- sinflar “Kundalik kuzatish daftari”ni tahlil qilib, ularning ekologik, iqtisodiy va mehnatga oid jihatlarini ko’rsatib byering.
4. 3-4- sinflar “Tabiatshunoslik” dasturi va darsligini tahlil qilib, muammo vaziyatini yaratish orqali o’rganiladigan darslarning rejalarini ishlab chiqing.
Savollar 1. 3- va 4- sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
2. 3- sinfda tabiatda kuzatishlar o’tkazish metodikasi qanday, u 2-sinf metodikasidan nima bilan farq qiladi?
3. “Tabiatshunoslik” darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borishni qanday izohlaysiz?
4. 4- sinfda tabiatshunoslikni o’iganish xususiyatlari haqida nima deya olasiz?
5. 4- sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydalaniladi?
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish samarali?
7. 3-4- sinflar “Tabiatshunoslik” dasturlari va darsliklarida qaysi mavzular kengroq yoritilgan?
Tayanch iboralar:Takrorlashning turli, bilimlarni yozjna tekshirish, bilim, uquv va ko'nikmalarni baholash, tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish, kundalik kuzatish daftari, tabiat hamda mehnat kalendari, o’quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar.
15-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Tabiatshunoslik darslarini tashkil etish. 1 va 2 sinfning atrofimizda olam o‘quv dasturidan o‘rin olgan atrof olam predmetlari ularning xususilatlari, tevarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar meshnatidagi mavsumiy o‘zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar. 1- sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi.O’quvchilar tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’rganmasdilar, balki kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shu-ningdek, “O'qish kitobi”ga kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. 1986- yildan boshlab, 1- sinf o’quvchilari yangi o’quv predmeti — “Atrofimizdagi olam”ni o’rgana boshladilar. Bu o’quvchilar bilan ilk mashg’ulotlardan boshlab, ya'ni savod o’igatishning alifbe davridayoq o’qituvchi o’quvchilar e'tiborini o’z joyidagi tabiat obyektlarini o’lka-shunoslik yo’nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikda o’qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi.