Maktabgacha ta’lim metodikasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə74/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
Topshiriqlar.
1. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlarini o’qitishning uammoli masalalari haqida ma'lumot tayyorlang.
2. 4-sinfda tabiatshunoslik kursining ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini izohlab byering.
3. 3-4- sinflar “Kundalik kuzatish daftari”ni tahlil qilib, ularning ekologik, iqtisodiy va mehnatga oid jihatlarini ko’rsatib byering.
4. 3-4- sinflar “Tabiatshunoslik” dasturi va darsligini tahlil qilib, muammo vaziyatini yaratish orqali o’rganiladigan darslarning rejalarini ishlab chiqing.
Savollar
1. 3- va 4- sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
2. 3- sinfda tabiatda kuzatishlar o’tkazish metodikasi qanday, u 2-sinf metodikasidan nima bilan farq qiladi?
3. “Tabiatshunoslik” darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borishni qanday izohlaysiz?
4. 4- sinfda tabiatshunoslikni o’iganish xususiyatlari haqida nima deya olasiz?
5. 4- sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydalaniladi?
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish samarali?
7. 3-4- sinflar “Tabiatshunoslik” dasturlari va darsliklarida qaysi mavzular kengroq yoritilgan?
Tayanch iboralar: Takrorlashning turli, bilimlarni yozjna tekshirish, bilim, uquv va ko'nikmalarni baholash, tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish, kundalik kuzatish daftari, tabiat hamda mehnat kalendari, o’quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar.

MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI (60S)


Talabalarni Mustaqil ta’limni tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
1.Fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
2.Amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;
3.Ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
4.Kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
5.Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to’plash;
6.Hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
7.Maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
8.Amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
9.Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
10.Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
11.Krossvord tuzish, skanvord tuzish, sxema chizish, rasm chizish, didaktik materiallarni yasash;
12.Prezentatsiya tayyorlash
13.Uy vazifalarini bajarish va boshqalar;



Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin