Maktabgacha ta'lim metodisti va uning pedagogik jarayonini tashkil etishdagi o'rni reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 114 Kb.
səhifə2/5
tarix28.09.2023
ölçüsü114 Kb.
#150069
1   2   3   4   5
MAKTABGACHA TA\'LIM METODISTI VA UNING PEDAGOGIK JARAYONINI TASHKIL ETISHDAGI O\'RNI

Kurs ishining maqsadi. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta'limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta'lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta'limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta'lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo'lib hisoblanadi.
Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining vazifasi. Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo'lish talab etiladi. «Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega bo'lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el-yurti uchun o'zini ayamasligi, kerak bulsa, bu yo'lda jonini ham fido qilishiga tayyor bo'lishini, o'z kasb-korining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o'rnak bo'lishini kutadi. Jamoatchilik, halq rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, keng fikrlashi, uzoqni ko'ra bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishini, iymon-e'tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or-nomusli, harom-xarish ishlardan hazar qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bo'lishini,
tashkilotchi, talabchan va qat'iyatli bo'lishini istaydi» .

1.MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan vazifalar
O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo'ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHu bilan birga maktabgacha ta'limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi - matabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma'nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri - erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o'z xaq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas'uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san'atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san'atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko'p yillik tajriba talab etiladi.
O'zbekistonda maktabgacha ta'limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida "shaxs manfaatlari va ta'lim ustuvorligi" masalalari borasida bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G'. Yo'ldoshev, S.Turg'unov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o'zgardi, zamonaviy o'quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo'lgan ta'lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko'rsatmoqda.
Maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me'yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni
ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o'rganish va shu asosda chora-tadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda.
Maktabgacha ta'lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg'unlikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalari to'g'risida e'tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma'naviy jihatdan o'sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o'zining "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz" kitobida: "O'z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa - kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi"-degan fikrni e'tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi.
Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati - tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo'lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e'tirof etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma'nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta'lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog'liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda ta'lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otishdir. Pedagogning ko'p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo'lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan nufuzli rahbar, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo'lgan shaxslardir.
Mustaqil O'zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo'yiladigan mas'uliyat ham katta.
Hozirgi kunda o'zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo'shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil O'zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo'lgan e'zoz, e'tibordan dalolatdir.
Imom al Buxoriyning «Al - jomi' as - sahih» hadislar to'plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o'rganish va o'rgatish odobi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o'rgatish va o'rganishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o'rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, pedagogik -axloqiy g'oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya ko'nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e'tiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. Ilmga chanqoq o'zbek xalqida ziyoli, ilmli insonlarni e'zozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati mavjud.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta'lim tashkilotlarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik tenologiyalar bilan to'liq ta'minlanmoqda. Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirishda, ta'lim jarayonini to'liq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda.
- Hozirgi paytda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda:
sifatli o'quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish;
- ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish;
- ta'lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo'lga kiritish va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda.
Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida keltirilgan bosh g'oya, ya'ni: "... faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojlantirishi, davlatni taraqqiy ettira olishi mumkinligi", to'g'risidagi g'oyasiga monand ravishda sifatli ta'lim boshqaruvini amalda joriy etish talab etiladi. Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan ta'lim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda pedagogdan ta'lim berishda yuksak mahorat talab etiladi.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi "Layf Kouching", Ta'lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta'lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiy-nazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo'llash uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi.
Kvalimetriya - diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog'liq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir.
Dunyoda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish bo'yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: ta'lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash; ta'lim xizmatlari eksportini rivojlantirish; ta'lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiq-lashtirish; sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish. Biroq, hanuzgacha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish va ushbu tarbiya maskanlarida ta'limiy va tarbiyaviy boshqaruv menejmentiga xos xususiyatlarni aniqlashning yagona tizimini takomillashtirish masalalari o'z yechimini tulaqonlicha amalga oshirilmagan. Shu jihatdan olganda, ta'limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda akkreditatsiyaning o'rni, sifatning tashqi monitoringi, oliy ta'limda sifatni baholash tizimlari, ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash zarurati oshmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida o'rganish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun:
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «ta'lim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qo'yiladigan davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga mo'ljallangan metodik qo'llanmalar yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim.
Shunday qilib, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan ta'lim komil inson shaxsini yetuklikka yo'naltiradi. Binobarin, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
2019 yilning sentyabr oyida Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi va 2019 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ish xujjatlari to’g’risida”gi 183- sonli buyrug’ini o’rganish ishlarini olib bordilar. Bunda ustozlar o’z shogirdlariga ish xujjatlarini qanday tuzishni va uni qanday yuritishni o’rgatib bordilar. Oktyabr oyida esa guruxlarni qanday jixozlash va rivojlantirish markazlarida tarbiyalanuvchilar bilan mashg’ulotlarni o’tish ko’nikmalarini mustaxkamlab bordilar. Guruhlarni bola yoshi va qiziqishlariga va yil fasllarining o’zgarishigi qarab jixozlab turish lozimligini o’rganib oldilar.
Ota-onalar bilan ishlash shakllari va majlislarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni noyabr oyi uchun rejalashtirilgan suxbatlarda o’zlashtirib oldilar. O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari orqali bolalar bilimini nazorat qilish ishlarini va bolaning rivojlanish xaritalarining yuritilishini dekabr oyida mustaxkamlab oldilar. Ustozlar o’z shogirdlari bilan muntazam ravishda o’z ustida ishlash yullari, bolalar bilan yakka ishlash usullari bilan o’z shogirdlarini tanishtirib bordilar. Shogirdlar esa muntazam ravishda bo’sh vaqtlari topilgan paytlarda ustoz tarbiyachilarning ishlarini va ularning mashg’ulotga tayyorlanishi hamda mashg’ulotlarni tashkil etishlarini kuzatib, ularni taxlil qilishni ham o’rganib oldilar.
2020 yilning may oyida yozgi sog’lomlashtirish oyligini o’tkazish ya’ni uch oy davomida mashg’ulotlarni qay holatda tashkil etishni, bolalarni chiniqtirishning turli usullarini, bolalar uchun ko’ngil ochish soatlarini tashkil etishni, o’yin maydonchalarida qanday o’yinlarni tashkil etish bo’yicha maslahatlarni oldilar.
Yozgi sog’lomlashtirish mavsumi davomida shogirdlar tomonidan “Qizil qalpoqcha”, “Zumrad va Qimmat”, “Ur to’qmoq” kabi ertaklar sahnalashtirildi. Shogirdlar MTT miqyosida tashkil etilgan ko’ngil ochish soatlarida qaol ishtirok etishdi.
Yangi chiqayotgan O’zbekison Respublikasi Prezidenti va Xukumat qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi yuqori tashkilotlardan keladigan xujjatlar bilan muntazam tanishtirib borildi.
Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish
2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhimahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak.Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.
Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan ta'minlaydi,
maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi.
O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak.
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin